Lepton zaryad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lepton zaryad, lepton son — elementar zarralarni tavsiflovchi kvant sonlardan biri. L. z. leptonlar uchun noldan farqli, leptondan boshka barcha zarralar uchun nolga teng . Odatda, L.z. leptonlar uchun +1 ga, anti-leptonlar uchun —1 ga teng . Elementar zarralardan tashkil topgan zarralar sistemasining L. z.i sistemadagi barcha zarralar L. z.ining algebraik yigʻindisiga teng . L. z. shu sistemadagi leptonlar bilan antileptonlar sonlari orasidagi farqni ifodalaydi. Leptonlar qatnashadigan hamma elektromagnit va kuchsiz oʻzaro taʼsir jarayonlarida L. z.ning saqlanish qonuni amal qiladi: L.z. yigʻindisi jarayon boshlanguncha va boshlangandan keyin oʻzgarmay qoladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil