Leonid Morozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Leonid Morozov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leonid Arhipovich Morozov
Tavallud sanasi 27-noyabr 1947-yil (1947-11-27) (76 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Boʻyi 182 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1964 Uralmash - (-)
1965—1969 SSKA Moskva 8 (0)
1969 Metallist 9 (0)
1970—1971 Lokootiv Vinitsa 70 (0)
1972 Paxtakor 16 (0)
1973 Andijon
Milliy terma jamoa
1966 SSSR U-16
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Leonid Arhipovich Morozov (1947-yil 27-noyabrda tugʻilgan) — sovet futbolchisi[1] va himoyachi pozitsiyasida oʻynagan[2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leonid katta futboldagi faoliyatini Uralning „Uralmash“ jamoasi tarkibida 1964-yilda boshlagan. Yoshlik davrida tengqurlari ichida iqtidorli futbolchilardan biri edi. 1966-yilda SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida UEFA yoshlar chempionatida qatnashgan. Musoboqa yakunida SSSR U-19 terma jamoasi chempion boʻldi. Leonid turnir davomida jamoa sardori vazifasini bajardi. 1965-yil Moskvaning „SSKA“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Dastlabki mavsumidayoq yosh boʻlishiga qarmay 8 ta oʻyinda qatnashdi. 1965-yil mavsum yakunlariga koʻra „Mavsumning eng yaxshi debyutanti“ mukofoti sovrindori boʻldi va shuningdek SSKA jamoasi bilan birgalikda SSSR chempionati bronza medallarini qoʻlga kiritdi.. Keyinchalik SSKA jamoasida asosan oʻrinbosarlar jamoasida harakat qildi. 1969-yilgi mavsumda Xarkovning „Metalist“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Xarkovliklar tarkibida bir mavsum harkat qilib Vinnitsaning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ikki mavsumdan soʻng 1972-yil Oʻzbekiston SSR jamoasi, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Toshkentliklar tarkibida SSSR Birinchi Ligasida 16 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1973-yilgi mavsumda Andijonning „Andijanets“ jamoasi safiga oʻtdi va bir mavsum davomida SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surdi. Mavsum yakunida „Andjon“ jamoasi futbolchilik faoliyatini yakunladi[3].

Yutqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR chempionati bronza medali sovrindori: 1965
  • UEFA yoshlar turniri gʻolibi: 1966
  • Mavsumning eng yaxshi debyutanti: 1965

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Леонид Архипович“. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  2. „Morozov Leonid - футболист, защитник“. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  3. „Морозов Леонид Архипович - FK Andijon“. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]