Leonid Ivashov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leonid Ivashov
Tavalludi
Leonid Grigoryevich Ivashov

1943-yil 31-avgust
Qizil-Asker tumani, Frunze viloyati
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi harbiy va jamoat arbobi, general-polkovnik
Bolalari Marina (1986-yilda tug'ilgan)
Otasi Grigoriy Semyonovich Ivashov (1910-1989)
Onasi Evdokiya Petrovna Ivashova (Yasinskaya) (1916-1989)
Mukofotlari SU Order For Service to the Homeland in the Armed Forces of the USSR 1st class ribbon

Leonid Grigoryevich Ivashov (1943-yil 31-avgust, Qizili-Asker tumani, Frunze viloyati) – Sovet va Rossiya harbiy va jamoat arbobi, isteʼfodagi general-polkovnik.

Geosiyosat, konfliktologiya, xalqaro munosabatlar, harbiy tarix boʻyicha mutaxassis. Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti (2015-yildan[1][2][3]). Tarix fanlari doktori (1998), MGIMO va Moskva davlat lingvistik universiteti professori. Rossiya Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi (1996-2001). Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1998[4]).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leonid Ivashov dekabrist Vasiliy Ivashevning avlodi[5][4][3][6][7][2]. Frunze viloyatining Qizil-Asker tumanidagi Frunze goʻsht fermasida koʻp farzandli oilada (jami toʻrt farzand, ikki aka-uka va ikki opa-singil edi) tugʻilgan[8][4] (hozirgi kunda Bishkek yaqinidagi Soʻquluk tumani[5], Qirgʻiziston SSR[3]). Amakivachchasining eri A. Matrosov „Sovet jangchisi“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan. U yerga taniqli sovet yozuvchilari Aleksandr Tvardovskiy va Konstantin Simonovlar tashrif buyurishgan. Buning natijasida yosh ofitser Ivashov ham ular bilan muloqot qilish imkoniga ega boʻlgan[3].

Ivashov 1964-yilda Toshkent oliy qoʻshma qoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, 1974-yilda M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan. 1976-yildan SSSR Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida xizmat qilgan.

1983-yilda Harbiy tarix institutida „Ulugʻ Vatan urushi davrida harbiy-texnik ustunlikka erishish[9]“ mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

1992—1996-yillarda MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi kotibi, 1996—2001-yillarda Rossiya Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

U 1999-yilda tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun „Rossiyaning geosiyosiy taraqqiyoti evolyutsiyasi: tarixiy tajriba va saboqlar“ (mutaxassislik 07.00.02 – Ichki tarix[10]) mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan.

Ivashov KPSS aʼzosi boʻlgan (30 yildan ortiq). 2011-yilda shunday degan edi: „Men bir soniya ham afsuslanmayman, lekin men hech qachon boshqa siyosiy partiyaga qoʻshilmaganman va qoʻshilmayman[2]“. Yana bir gapida shunday deb eslaydi: „SSSR parchalanganidan keyin men hatto general-polkovnikning navbatdagi harbiy unvonini berishdan bosh tortdim, men sovet general-leytenanti boʻlib qolishni xohlardim…[4]“.

Uzoq yillar davomida Ivashov Butunrossiya ofitserlar assambleyasining raisi boʻlgan. Lekin, 2022-yil 19-mayda „yoshi va sogʻligʻi sababli“ oʻz lavozimini tark etadi[11].

Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 700 dan ortiq maqola va 19 kitob muallifi. Sheʼrlar ham yozgan[12][3].

Uning bir qizi bor boʻlib, u rus-amerika tashkilotida ishlaydi[4].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Президентом Академии геополитических проблем избран генерал Леонид Ивашов“. Русская народная линия. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Радиорубрика «Без дураков»“. Эхо Москвы, 19.07.2011. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Чуйский потомок декабриста“. Вечерний Бишкек. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Генерал Л. Ивашов: «У Киргизии особого выбора и нет. Только вместе с Россией»“. centrasia.org. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
  5. 5,0 5,1 „Истины генерала Ивашова“. Вечерний Бишкек. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  6. Ivashov Leonid Grigorevich: Dose // biograph.ru
  7. „СП-ТВ — Открытая студия“. Свободная Пресса. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  8. „Архивированная копия“. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  9. „Биография Л. Г. Ивашова“. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
  10. Ivashov, Leonid Grigorevich. Evolyutsiya geopoliticheskogo razvitiya Rossii: istoricheskiy opit i uroki : avtoref. dis. … d-ra ist. nauk: 07.00.02. – Moskva, 1999. – 83 s.
  11. „Информационное Сообщение ООС“. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  12. „Леонид Ивашов вновь посетит Ухту и Крохаль“. Ухтинский государственный технический университет. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Раздел «Новости»“. srbija.ru. Моя Сербия. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  14. [Ukaz Prezidenta Kirgizskoy Respubliki ot 12 marta 2001 goda № 91 „O nagrajdenii pochyotnoy gramotoy KR voennoslujaщix Ministerstva oboroni RF“]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]