Leon (Nikaragua)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leon — Nikaraguaning gʻarbiy qismidagi shahar. Leon departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 171,3 ming kishi (1995). Mamlakatning yirik savdo va muhim madaniyat markazi. Temir yoʻl tuguni. Oziq-ovqat (q.x. mahsulotlarini qayta ishlash) sanoati korxonalari, mebel f-kasi mavjud. Q.x. rayonining (paxta, shakarqamish, chorvachilik mahsulotlari) savdo markazi. Milliy universitet (1812) bor. Shaharga 1524 y.da asos solingan. 1609 y.dagi zilziladan vayron boʻlgan. 1857 y.gacha mamlakat poytaxti edi. Tarixiy meʼmoriy obidalar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil