Lazer
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lazer kogerent nurlanish chiqaruvchi elektr-optik qurilmadir. Atama inglizcha "laser" qisqartmasidan kelib chiqib, Light Amplification by Stimulated Emission of Radiation (majburiy nurlanish yordamida yorugʻlikni kuchaytirish),[1] deb yoyiladi. Tipik lazer divergensiyasi past va toʻlqin uzunligi qatʼiy cheklangan (yaʼni, monoxrom) yorugʻlik chiqaradi.
Lazer lazer moddasi va unga energiya yigʻib beruvchi optik chuqurdan iborat boʻladi. Lazer moddasi sifatida muayyan optik xossalarga va erkin elektronlarga ega modda (gaz, suyuqlik, qattiqlik) ishlatilishi mumkin. Optik chuqur esa (eng oddiy holda) ikki koʻzgudan iborat boʻlib, yorugʻlik ular orasida joylashgan lazer moddasidan oʻtib turadi. Bunda koʻzgulardan biri yarim shaffof boʻlib, undan lazer nuri sizib chiqadi.
[tahrir] Manbalar
[tahrir] Ishoratlar