Laylah Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laylah Ali
Tavalludi 1968 (yoshi 55–56)
Millati Amerikan
Sohasi Rassom
Mukofotlari 2008 Joan Mitchell Foundation Painters and Sculptors Grant
2007 United States Artists Fellowship
2002 William H. Johnson Prize
2001 Premio Regione Piemonte (Fondazione Sandretto Re Rebaudengo Per L’Arte, Turin, Italy)
2000 ICA Artist Prize (Institute of Contemporary Art, Boston, Massachusetts)

Laylah Ali (1968-yilda tugʻilgan[1]) zamonaviy tasviriy rassom boʻlib, unda noaniq irq munosabatlari grafik ravshanlik yaʼni aniqlik bilan chizgan va multfilm tasmasi formatida tasvirlangan rasmlari bilan mashhur boʻlgan[2].

Avvalgi hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Ali dastlab advokat yoki shifokor boʻlishni niyat qilib kelgan[3].

Ali bakalavr darajasini ingliz tili va studiya sanʼati yoʻnalishida 1991-yilda Williams kollejida oʻqigan, Williamstown, Magistraturasida taʼlim olgan[4]. U 1992-yilda New-York shahridagi Witni Amerika sanʼati muzeyida Witni mustaqil oʻqish dasturida qatnashgan va 1993-yilda Skowhegan rasm va haykaltaroshlik maktabida rezidenturani tamomlagan. Ali TIVni 1994-yilda Saint-Louisdagi Washington universitetidan olgan. U Massachusets shtatining Williamstown shahrida yashaydi va ishlaydi[5]va hozirda kunda Williams kollejida professor boʻlib faoliyat olib boradi[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alining oldingi asarida u zoʻravonlik aks etgan rasm chizilgan edi. U rasmda zoʻravonlikdan koʻra koʻproq harakatga eʼtibor qaratadi. Uning hozirgi ishida harakatga koʻp eʼtibor berilmaydi, u oldin va keyin sodir boʻlayotgan voqealarga koʻproq eʼtibor beradi[7].

Asarlar kichik oʻlchamdagi gouash rasmlari va qogʻozga chizilgan rasmlar hisoblanadi. U koʻp oylar davomida rasmga tayyorgarlik koʻrishi hammaga maʼlum, har bir tafsilotni rejalashtiradi, shuning uchun xatolarga oʻrin yoʻq. Ali ijodi hayotiy tajribalarga asoslangan. Garchi aytish mumkin boʻlmasada, uning aytishicha, uning barcha ishlari maʼnoga ega va uning xayolidagi narsa qogʻozdagi tasavirga tushadi, qoʻlidan tashqarida aks ettirishga urinadi[8]. Ali oʻz ishining ijro xarakteri haqida shunday deydi: „Rasmlar qoʻpol sahnalar yoki toʻplamlar, figuralar esa spektakl qahramonlari kabi boʻlishi mumkin. Men ularni qahramonlar va figuralar deb hisoblayman“ deya taʼriflab aytgan[9].

Greenheads seriyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alining eng mashhur guash rasmlari mavzusi — bu Greenheads nomli asaridir, bu asarda jinsi, boʻyi, yoshi va qaysidir maʼnoda irqiy farqlarini minimallashtirish yoki yoʻq qilish uchun yaratilgan qahramonlar aks etgan[10]. Ali 1996-yildan 2005-yilgacha 80 dan ortiq rasm yaratgan. Ali norozilik belgilari yoki quchoqlashayotgan dunyo yetakchilari kabi gazetalardagi tasvirlar va mavzularga tayangan, ammo uzoq va yangi narsalarni yaratish uchun hikoyalarni oʻzgartirgan. Ali personajlar va tasvirlarni oʻziga xos, ammo noaniq qilib yaratgan. Ular Alining oʻzidan maʼnoga ega, ammo tomoshabin tasvirni talqin qilish uchun oʻz havolalarini ham keltiradi. Ali personajlarni insonga oʻxshab, lekin unchalik insoniy boʻlmagan qilgan holatda yaratgan, shunda ular bizning dunyomiz va ijtimoiy kontekstimizdan oʻchiriladi. Ular ijtimoiy-siyosiy maʼnoga ega, ammo ular bizning dunyomizdan tashqarida mavjud xolos, degan edi[11].

Asefal[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yildan beri Ali Acephalous deb ataydigan bir qator rasmlar ustida ishlamoqda, unda u gender ongli, potentsial jinsiy yoki jinsiy aloqada boʻlgan, baʼzilari irqiy xususiyatlarga ega, baʼzilarida esa boshlari yoʻq shaxslar tasvirlangan. „Ular cheksiz, qatʼiyatli sayohatda, koʻp qismli sayohatda“, deya taʼrif beragan. „Unda majburiy migratsiya elementlari mavjud“ deb soʻziga gaplarining davomini qoʻshib qoʻyadi[12].

Hamkorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Layla Ali raqqosa va xoreograf Din Moss bilan 2005-yilda "Field on a Field" va 2014-yilda Jonbraun bilan „The Kitchen“ da hamkorlik qilib kelgan[13]. 2002-yilda New-Yorkdagi Zamonaviy sanʼat muzeyi Aliga soʻzsiz grafik roman yaratishni topshiradi[14]. 2020-yilda pandemiya paytida Ali New-Meksikodagi Tamarind Press bilan loyihani yakunlashi kutilgan edi. COVID-19 ning xavfsizlik choralari matbuot va rassomdan ish munosabatlarini virtual munosabatlarga oʻtkazishni talab qiladi. Shaxsan loyiha oʻrniga ular davom etayotgan ishlarni oldinga va orqaga yuborish uchun pochtadan foydalanishga harakat qilishdi[15].

Toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alining asarlari koʻplab davlat muassasalarining doimiy kolleksiyalariga kiritilgan, jumladan, Olbrayt-Noks sanʼat galereyasi, Buffalo, NY; Zamonaviy sanʼat muzeyi, Chikago va Woker sanʼat markazi, Minneapolis, MN va boshqalar kolleksiyalariga kiritilgan[16].

Adabiyotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Baker, Alex (2007) Laylah Ali: Typology. Pennsylvania Academy of the Fine Arts. p. 47. ISBN 9780943836300
  2. Cotter, Holland. „ART IN REVIEW; Laylah Ali“. The New York Times (2000). Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  3. „Laylah Ali on Greenheads, Violence in Art, and More“. BU Today. Qaraldi: 2016-yil 5-mart.
  4. „Paul Kasmin Gallery - Laylah Ali“ (en). paulkasmingallery.com. 2018-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-mart.
  5. Baker, Alex (2007) Laylah Ali: Typology. Pennsylvania Academy of the Fine Arts. p. 47. ISBN 9780943836300ISBN 9780943836300
  6. „Laylah Ali: The Greenheads Series“. museum.cornell.edu. Herbert F. Johnson Museum of Art, Cornell University. Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  7. Sollins, Susan. Art 21: art in the 21st century 3, Purchase College, 2005 — 28 bet. ISBN 081095916X. 
  8. „Laylah Ali“ (en). Art21.org. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-fevral.
  9. „Juxtapoz Magazine - Laylah Ali: Bodies in Notion“. www.juxtapoz.com. Qaraldi: 2016-yil 5-mart.
  10. Ali, Laylah. „Interview.“ Laylah Ali. By Rebecca Walker. The Institute of Contemporary Art, Boston, 2001.
  11. Ali, Laylah. Laylah Ali, the Greenheads series: [accompanies the exhibition "Laylah Ali: the Greenheads series" presented at Williams College Museum of Art, Williamstown, Massachusetts, August 18 - November 25, 2012; Weisman Art Museum, University of Minnesota, Minneapolis, March 2 - June 30, 2013; Herbert F. Johnson Museum of Art, Cornell University, Ithaca, New York, September 7 - December 22, 2013 (en). S.l.: s.n., 2012. ISBN 9780913697306. OCLC 843494121. 
  12. „Juxtapoz Magazine - Laylah Ali: Bodies in Notion“. www.juxtapoz.com. Qaraldi: 2016-yil 5-mart. „Juxtapoz Magazine — Laylah Ali: Bodies in Notion“. www.juxtapoz.com. Retrieved 2016-03-05.
  13. Cornuelle, Kimberly. „Laylah Ali on Greenheads, Violence in Art, and More“. Boston University (2010-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-mart.
  14. „The Believer - Interview with Laylah Ali“ (en). The Believer (2005-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
  15. „Tamarind Institute open to visitors online“ (en). UNM Newsroom. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  16. „Paul Kasmin Gallery - Laylah Ali“. paulkasmingallery.com. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]