Lauren James

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lauren James
James Manchester United uchun o'ynamoqda, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lauren James
Tavallud sanasi 29-sentyabr 2001-yil (2001-09-29) (22 yosh)
Tavallud joyi Angliya bayrogʻi Angliya
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010-2014 Chelsea[1]
2014-2017 Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2018 Arsenal 5 (0)
2018-2021 Manchester United 40 (22)
2021- Chelsea 5 (1)
Milliy terma jamoa
2017-2018 England U17 6 (6)
2019 England U19 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 23-iyul uchun)

Lauren James (2001-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, FA WSL ligasi Chelsea klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]

James 13 yosyhida Arsenal tomonidan tangab olingan va oʻgʻil bolalar jamoasi bilan shugʻullangan, ammo ikki yil ichida u asosiy jamoa bilan shugʻullana boshlagan.[2] 2017-yilning 29-sentyabrida James 2017-18-yilgi mavsumda Everton ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Lisa Evansning oʻrniga 67-daqiqada maydonga tushib, Arsenalda debyut qildi.[3] Shu tariqa u Arsenal tarixida debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.[2]

Manchester United[tahrir | manbasini tahrirlash]

James 2019-yilda Manchester Unitedda Brighton & Nove Albionga qarshi oʻynamoqda.

2018-yilning 13-iyulida James yangi tuzilgan 2018-19-yilgi FA Ayollar chempionatida ishtirok etish uchun Manchester Unitedning birinchi professional jamoasi tarkibiga kirishi eʼlon qilindi.[4] U Manchester United safidagi debyutini 19 avgust kuni Liverpoolga qarshi Liga kubogi bahsida (1:0) oʻtkazdi.[5] U Unitedning 2018-19-yilgi chempionat mavsumidagi birinchi oʻyinida Aston Villa mehmoni boʻlib 12:0 hisobida gʻalaba qozongan holda ikkita gol urdi.[6] James Manchester Unitedning birinchi oyidagi magʻlubiyatsiz uchta golidan soʻng, sentyabr oyining ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[7] 2019-yilning 20-aprelida James liga doirasidagi Crystal Palacega qarshi oʻyinda (7:0) toʻrtta gol urdi.[8]

James 2019-yil 28-sentyabr kuni Liverpoolga qarshi oʻyinda (2:0) 71-daqiqada Unitedning WSL tarixidagi ilk golini kiritdi.[9] Ikki hafta oʻtgach, James Unitedning Tottenhamga 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvida ikkita sariq kartochka soʻng qizil kartochka oldi.[10] James klub bilan ilk professional shartnomasini 16-dekabr kuni imzolagan.[11] 2019-20-yilgi mavsum oxirida James Unitedning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol yosh oʻyinchisi nomzodi uchun toʻrtta oʻyinchi roʻyxatiga kiritildi.[12]

2021-yil 27-mart kuni James West Ham United ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, hisobni ochdi. Ushbu oʻyin Old Traffordda oʻtkazilgan birinchi FA WSL oʻyini boʻldi.[13]

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 23-iyulida James Chelsea bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.[1]

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil aprel oyida James 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida AQShga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) debyut qildi. 2017-yil 14-oktyabrda u 2018-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati saralash bosqichi doirasida Latviya ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozongan Angliya terma jamoasi sardori boʻlib, toʻrtta gol urdi.

2019-yil yanvar oyida James Algarve turniri uchun 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga birinchi chaqiruv oldi.[14] 2019-yil iyul oyida James 2019-yilda Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA chempionati uchun Angliya terma jamoasiga kiritildi.[15]

Kattalar darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning noyabr oyida James Saint George Parkdagi 29 oʻyinchidan iborat oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida birinchi marta kattalar terma jamoasiga chaqiruv oldi.[16]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Chelsea va Angliya terma jamoasi himoyachisi Reece Jamesning singlisi.[17] U UEFA litsenziyasiga ega futbol murabbiyi boʻlgan otasi Nigelni ilhom sifatida keltirdi: „[U] menga har qadamda yordam berdi. Men akalarim bilan futbol oʻynab katta boʻlganman va ular kabi oʻynashni xohlardim; Men har doim oʻyinni yaxshi koʻrganman. Dadamdan menga murabbiylik qilib, eng yaxshi darajaga yetishim uchun futbolimga sarflagan barcha vaqtlari, mehnatlari va mehrlari uchun minnatdorman.“[18]

U Londonning Whitton shahridagi Whitton maktabida tahsil olgan.[19]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 21-noyabr holatiga[20]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Yevropa Jami
Boʻlim Isht. Gol. Isht. Gol. Isht. Gol. Isht. Gol. Isht. Gol.
Arsenal 2017-18 WSL 1 5 0 0 0 3 1 - 8 1
Manchester United 2018-19 Chempionat 18 14 3 2 6 1 - 27 17
2019-20 WSL 12 6 1 1 5 2 - 18 9
2020-21 10 2 0 0 1 0 - 11 2
Jami 40 22 4 3 12 3 - 56 28
Chelsea 2021-22 WSL 1 0 0 0 0 1 0 2 0
Karyera jami 46 22 4 3 15 4 1 0 66 29

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester United

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionati: 2018-19[21]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil sentyabr[22]
  • Shimoliy-Gʻarbiy Futboli ayollarning yangi yulduzi mukofoti: 2020[23]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Lauren James joins Chelsea Women“. Chelsea FC.
  2. 2,0 2,1 Kershaw, Tom. „Manchester United Women's Lauren James: 'At first boys would ask why I'm training with them, but after a few weeks they realised'“. The Independent (2019-yil 14-avgust). Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
  3. „Everton Ladies 0–2 Arsenal Ladies“ (2017-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  4. „United Women's Squad – Player by Player“ (2018-yil 13-iyul). Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
  5. Drudge. „MATCH REPORT: LIVERPOOL WOMEN 0 UNITED WOMEN 1“. Manchester United F.C. (2018-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-may.
  6. „MATCH REPORT: ASTON VILLA 0 UNITED WOMEN 12“ (en). Manchester United F.C.. Qaraldi: 2018-yil 2-dekabr.
  7. „Award for Man Utd hotshot“. The Football Association. Qaraldi: 2018-yil 14-oktyabr.
  8. Bath. „Match report for Man United Women v Crystal Palace Ladies 20 April 2019“. Manchester United F.C. (2019-yil 20-aprel). Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.
  9. Bostock. „Manchester United Women 2 Liverpool 0“. Manchester United F.C. (2019-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-sentyabr.
  10. Carney. „Tottenham Hotspur Women 0 Manchester United Women 3“. Manchester United F.C. (2019-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
  11. „Lauren James signs professional contract at United Women“. Manchester United F.C. (2019-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 16-dekabr.
  12. „Liverpool and Manchester City dominate PFA Player of the Year shortlist“. Sky Sports (2020-yil 4-sentyabr).
  13. Sanders, Emma. „Manchester United 2–0 West Ham: Teenager Lauren James scores in historic Old Trafford win“. BBC Sport (2021-yil 27-mart). Qaraldi: 2021-yil 27-mart.
  14. Association. „England Women's U19 squad named for Algarve Tournament“ (en). The Football Association. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
  15. „England squad named for UEFA Women's U19 Finals“. The Football Association (2019-yil 13-iyul). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  16. „England Women's boss has selected a 29-strong squad for the final meet-up of 2020“. The Football Association (2020-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-noyabr.
  17. Rudd, Alyson. „Brother and sister who are giving dad a very difficult decision to make“ (en). The Times (2018-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 14-noyabr.
  18. „Testimonials“ (en-GB). nigeljameselitecoaching.com. 2018-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-noyabr.
  19. Weich, Ben. „Teenage football prodigy wins call up to England youth team“. Richmond & Twickenham Times (2017-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
  20. „Lauren James player profile“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  21. „Man Utd Women 7–0 Crystal Palace Ladies: Women's Championship title sealed by win“. BBC Sport (2019-yil 20-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-may.
  22. „Award for Man Utd hotshot“. The Football Association. Qaraldi: 2018-yil 14-oktyabr. „Award for Man Utd hotshot“. The Football Association. Retrieved 14 October 2018.
  23. „Manchester United recognised at North-West Football awards“. Manchester United F.C..

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]