Lateks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lateks (lot. latex — suyuqlik, shira) — oʻsimliklarning sut-shirasi. Sut naylaridagi suyuklik. Tiniq, sutsimon oq, sargʻish-qoʻngʻir, sariq yoki toʻq sariq boʻlishi mumkin. Murakkabguldoshlar, tutdoshlar, sutlamadoshlar va b.da L. kup. L.da uglevodlar, oqsillar, glikozidlar, tuzlar, efir moylari va b. moddalar erigan yoki suspenziyalangan holda boʻladi. Smolalar, gutta, kauchuk, guttaperchali daraxtlar, kauchukli oʻsimliklar L.ining asosiy komponentlaridir. L.ning tarkibi daraxt yoshi, iqlim sharoiti va yil fasliga bogʻliq. L.da kauchuk manfiy zaryadlangan sharsimon, baʼzan noksimon donalar (globulalar) shaklida boʻladi. Ularning kattaligi 0,1—6 mk. Yangi olingan L. ishqoriy xususiyatga ega; turib qolsa yoki unga kislota va tuzlar qoʻshilsa, koagulyasiyalanadi. Buning oldini olish uchun L.ga 0,50—0,75% ammiak qoʻshiladi. Tarkibidagi kauchuk mikdorini oshirish uchun L. sentrifugalanib, quyultiriladi. Shunda kauchuk mikdori 60—75% ga yetadi. Sintetik L. sunʼiy kauchuk dispersiyasi (qismi)ning suvda emulsion polimerlanishidan hosil boʻladi. Sintetik L.da ham kauchuk globulalar shaklida, lekin ular 0,1 mk dan kichik boʻladi. Tabiiy L.dan tabiiy kauchuk, sintetik L.dan sintetik kauchuk olinadi (yana q. Kauchuk).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil