Laperuz boʻgʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laperuz boʻgʻozi - Saxalin (RF) va Xokkaydo o.lari oraligʻida. Yapon dengizi bilan Oxota dengizini birlash-tirib turadi. Uz. 94 km, eng kambar joyi 43 km, chuq. 27—118 m. Qishda muz bilan qoplanadi. Boʻgʻozni kashf etgan fransuz dengizchi sayyohi J. Laperuz nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil