Lambert qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lambert qonuni - yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligining fazoviy burchaklar boʻyicha taqsimoti qonuni. 1760 y.da I.Lambert bayon etgan. L.q.ga koʻra, yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligi har qanday yoʻnalishlarda bir xil boʻladi. Bu qonun yorugʻlik kattaliklari: mas, yorituvchanlik va ravshanlik; yassi sirtga oʻtkazilgan perpendikulyar (normal) bilan f burchak tashkil etgan yoʻnalish boʻyicha sochilayotgan yoruglik kuchi orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu formuladan koʻrinib turibdiki, yassi sirtdan sochilayotgan yorugʻlik kuchi perpendikulyar boʻyicha eng katta qiymatga ega boʻlib, f burchak kattalasha borgan sari uning qiymati kamaya boradi. L.q. mutlaq qora jismlar uchun oʻrinlidir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil