Lakkolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lakkolit (yun. lakkos — oʻrta va litos— tosh) — suyuq magmaning qatlamlar yoki formatsiyalar orasiga siqilib kirishidan hosil boʻlgan muvofiq intruziv tana. Ustki qismi qavariq va asosi nisbatan tekis, oziqlantiruvchi kanalga ega boʻlib, zamburugʻ shaklini eslatadi. Yer poʻstida keng tarqalgan, oʻlchami 3–6 km. L.ning barcha tafsilotlari (hajmi, kattaligi)ni aniqlash u bilan bogʻliq boʻlgan konlarni qidirib topish, zahirasini aniqlash va qazib olishga katta imkon beradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil