Lagos (Nigeriya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lagos (inglizcha: Lagos) — Nigeriyadagi shahar. Lagos shtatining maʼmuriy markazi. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻidagi Benin qoʻltigʻi sohili va unga yondosh orollarda joylashgan. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990-yillar oxirlari). Lagos mamlakatning yirik siyosiy, iqtisodiy va maʼmuriy markazi. Mamlakatning eng muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. 15-asr oxirida hozirgi Lagos oʻrniga portugallar kelib oʻrnashgan. 1861-yilda ingliz mustamlakachilari egallagan. 1914—60 yillarda ingliz mustamlakasi boʻlgan Nigeriyaning maʼmuriy markazi. 1960—92 yillarda Nigeriya poytaxti. Mamlakat sanoatining 1/2 kismi Lagosda toʻplangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik va boshqa sanoat korxonalari, radioapparaturalar zavodi, kemasozlik va kema verfi, universitet (1862), milliy muzey, kutubxona bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil