Lagʻmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lagʻmon (xitoycha "la myan" — choʻzilgan hamir) — pishitilgan hamir chilvir qilib choʻzilib tayyorlanadigan taom. Hamir qorilgach (0,5 kg unga 1 stakan suv, 1 choy qoshiq tuz hisobida), 1 soatcha tindirish uchun oʻrab qoʻyiladi. Hamir mushtlab pishitiladi, shu hamirdan qoʻlda (yoki maxsus mashinada) L. hamiri choʻziladi (yoki yoyilib ugra kesiladi). L. chilviri bir-biriga yopishib ketmasligi uchun yuziga dogʻlab sovitilgan oʻsimlik moyi surtiladi. Hamirni qaynab turgan tuzli suvga solib, suv yuziga qalqib chiqquncha pishiriladi. Pishgan hamir sovuq suvda chayiladi. L.ga qayla tayyorlash uchun goʻsht, bulgʻor qalampiri va piyoz, sabzi, turp, karam, pomidor, sarimsoq, kartoshka kabi masalliklar toʻgʻraladi, oshkoʻklar, jusay mayda qirqiladi. Dogʻlangan yogʻda goʻsht, piyoz va sarimsoq, bulgʻor qalampiri, pomidor qovuriladi, turp, kartoshka va oshkoʻklarni solib suv quyiladi. Dasturxonga tortishda likop yoki kosalarda hamiri yuziga qayla solib suziladi. Bir choy qoshiq lozijon solinadi. L.ning kesma L., choʻzma L., qovurma L., shiman, shivit oshi va b. turlari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil