La Skala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"LA SKALA" (ital. "La Skala", toʻla nomi "Teatro alia Skala") — Milandagi opera teatri, jahon opera sanʼatining yirik markazlaridan biri. Binosi "Santa Mariya della Skala" cherkovi oʻrnida 1776—78 y.lari qurilgan (nomi shundan). 19-a.gacha operalar bilan birga dramatik asarlar ham qoʻyilgan. Repertuarining asosini italyan kompozitorlarining operalari tashkil etadi: "L.S." teatrida D.Chimaroza, L.Kerubini, J. Rossini, G. Donitsetti, V.Bellini, J. Verdi, J.Puchchini va b. italyan kompozitorlarining asarlari ilk bor sahnalashtirilgan. Shu bilan birga Yevropa kompozitorlari (Sh.Guno, R.Vagner, P. Chaykovskiy, M.Musorgskiy, R.Shtraus, K.Debyussi, M. de Falya, L.Yanachek, D. Shostakovich, F. Pulenk va b.)ning asarlari qoʻyiladi. Ayni vaqtda (har yili sent.-noyabr oylarida) simfonik konsertlar ham uyushtiriladi.

"L.S."da Italiya va Yevropaning eng mashhur xonandalari (J. Pasta, M.Malibran, A.Patti, M.Battistini, E.Ka-ruzo, F.Shalyapin, L.Sobinov, T.Ruf-fo, T.Del Monte, M.Kallas, N.Gyaurov, L.Pavarotti va b.), dirijyorlari (A.Toskanini, K.Abbado, G.Karayan va b.) faoliyat koʻrsatgan. 1955 y.da "Pik-kola Skala" ("Kichik skala") deb nomlangan filiali ochilgan. Xonanda va raqqosalar maktabi bor. "L.S." teatrida butun dunyo, shu jumladan, oʻzbek opera xonandasi (R.Iminjonova, 1965) oʻz malakasini oshirgan. "L.S." xonandalari Dizmi di Chekko va M.Gulelmi Oʻzbekistonda gastrolda boʻlishgan (1970).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil