Kwon Mina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kwon Mina
Tavalludi 21-sentyabr 1993-yil (1993-09-21) (30 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 2012-2020

Kwon Mina (1993-yil 21-sentyabrda tugʻilgan), Mina nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „AOA“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan. Kwon „Modern Fermer“ (2014) va „All About My Mom“ (2015) kabi teledramalarda rol ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 30-iyulda Kwon „Mnet“ning „M Countdown“ dasturida „AOA“ aʼzosi sifatida oʻzining „Angels' Story“ ilk albomidagi „Elvis“ qoʻshigʻi bilan debyut qilgan[1]. U, shuningdek, 2013-yilda tashkil etilgan „AOA Black“ guruhining bir qismi edi[2]. 2014-yil 29-noyabrda otasining vafoti munosabati bilan Kwon faoliyatidan biroz dam olgan va guruhning „Like a Cat“ mini-albomida qatnashmagan[3].

2013-yilda Kwon "KBS2"ning „Adolescence Medley“ dremasi bilan aktrisa sifatida debyut qilgan, filmda u Yun Jin-Yong rolini ijro etgan[4]. 2014-yil fevral oyida u „KBS“ telekanalining „Wonferful days“ dramasida Cha Xe Vonning yoshligi obrazida suratga tushgan[5]. Kwon oʻzining birinchi bosh rolini 2014-yil oktyabrdan dekabrgacha boʻlgan „SBS“ kanalida hafta oxirida efirga uzatiluvchi „Modern Fermer“ dramasida rol ijro etgan[6].

2015-yilning 26-fevralida Kwon yakkaxon xonanda Shadening „Bad“ qoʻshigʻi klipida paydo boʻlgan[7]. May oyida Kwon „Y-Star“ning „Gourmet Road“ estrada shousida boshlovchi sifatida debyut qilgan. Avgust oyida u 2-sentyabrdan boshlab „Apink“ guruhining aʼzosi Hayoung va „VIXX“ning aʼzosi N bilan "Weekly Idol" dasturida birga olib boruvchilikka tayinlangan[8]. 9-sentyabr kuni Kwon va Nam Joo- hyuk yakkaxon xonanda Kangnamning „Chocolate“ qoʻshigʻiga ishlangan klipda suratga tushishgan[9]. 5-dekabr kuni u 33-qismdan boshlab „KBS“ kanalida hafta oxirida efirga uzatiluvchi „All About My Mom“ dramasining aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Park HyunMin. „[Interview Part I AOA Lands on Earth on Angel Wings and Guitars“]. enewsWorld. CJ E&M (2-sentabr 2012-yil). 8-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  2. Lee KyungNam. „AOA to Launch Band Unit AOA Black“. enewsWorld. CJ E&M (11-iyul 2013-yil). 8-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2015-yil.
  3. Sung So-young. „Mina takes personal time“. Korea JoongAng Daily (1-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  4. Yi. „AOA Mina to Join Drama 'All About My Mom'“. BNT News (24-noyabr 2015-yil). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  5. Jin Eun-soo. „AOA's Mina cast in 'Modern Farmer'“. Korea JoongAng Daily (16-iyul 2014-yil). Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  6. An So-hyoun. „[Exclusive AOA's Mina Cast as Lead in Drama 'Modern Farmer'“]. enews World. CJ E&M (11-iyul 2014-yil). 25-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2015-yil.
  7. „[MV Shade(그늘) _ Bad(나쁜 짓)“]. YouTube (25-fevral 2015-yil). Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  8. Ghim, Sora. „N, Ha Young And Mina Join 'Weekly Idol' As Fixed Members“. BNT News (13-avgust 2015-yil). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2015-yil.
  9. Kim Yu-jin. „Kangnam releases 2nd teaser video of 'Chocolate'“. K-Pop Herald (9-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 26-mart 2016-yil.