Pusan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pusan — Koreya Respublikasidagi shahar, mamlakatning jan.-sharqiy qismida. Maʼmuriy jihatdan provin-siyaga tenglashtirilgan. Aholisi 3,8 mln. kishi (1996). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Mamlakatning Koreya boʻgʻozi sohilidagi yirik porti (yiliga 30 mln. t dan ortiq yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, elektrotexnika, kimyo va rezina, mashinasozlik (jumladan, kema va avtomobil dvigatellari i.ch.), harbiy, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Yirik issiklik elektr styasi va AES qurilgan. Baliq ovlanadi. P. milod boshlarida Kaya qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan. 15-a.

da shahar dengiz boʻyi qalʼasi sifatida Yaponiya-Koreya savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. 20-a.da P. yirik sanoat shahriga aylandi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil