Kuznetsk Olatovi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuznetsk olatovi -Sibirning janubidagi togʻ tizmasi. Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasi xududida. Oʻz. 300 km. Gʻarbda Kuznetsk soyligiga tik tushgan, sharqiy yon bagʻri Minusinsk soyligi tomon pasaya boradi. Jan.da Abakan tizmasidan shim.da Sibir temir yoʻl gacha davom etgan. Eng baland qismi jan.da (Tegir-Tiz tizmasidagi Verxniy Zub togʻi —2178 m). Asosan, ohaktosh, kvarsit va slanetslardan tarkib topgan. Gabbro, diorit, granit va siyenit introʻziyalari uchraydi. Iqlimi sovuq va nam. 400–800 mm yogʻin yogʻadi. Yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Foydali qazilmalari: temir va marganets rudalari, oltin, xromit, boksit. Ohaktosh, gabbro, granit va shahrik. qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil