Kuymazor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuymazor — Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan qishloq boʻlib unda 4000 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aholi asosan qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik va chorvachilik bilan mashgʻul. Hozirgi kunda qishloq yoshlari sportning futbol turiga qiziqishlari juda yuqori. Qishloqda 13-sonli „Shalola“ maktabgacha taʼlim muassasasi va 39-oʻrta maktab qishloq yoshlarining bilim dargohiga aylangan. Qishloda har yili uzluksiz tarzda futbol boʻyicha „Kuymazor kubogi“ oʻtkazib kelinadi. 2015-yilda qishloq chempionatida 20 ta jamoa qatnashgani har yilgidan koʻra sportga boʻlgan eʼtibor kuchayganidan dalolat beradi. 2016- yilda Mamurjon Homidov tomonidan qishloqda mahalliy „Kuymazor FK“ futbol klubiga asos solindi.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]