Kursi (yulduz turkumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kursi, kassiopeya (lot. Cassiopeia) (qad. yun. afsovasiga koʻra, Efiopiya shohi Kefeyning xotini va Andromedaning onasi Kassiopeyaning nomi bilan atalgan) — osmonning Shim. yarim sharida joylashgan yulduzlar turkumi. W shaklini hosil qiladigan eng yorugʻ yulduzlari ye, 8, h), a va r; ularning yorqinligi 3,4; 2,7; 2,4; 2,2 va 2,3 koʻrinma yulduz kattaligida. K.ning asosiy qismi Somon yoʻlida joylashgan boʻlib, Sefey, Kaltakesak, Andromeda, Persey va Jiraf yulduz turkumlari orasida joylashgan. K.da koʻpgina tarqoq yulduz toʻdalari mavjud. 1572 y.da Tixo Brage koʻzatgan yangi yulduz ham aynan shu yulduz turkumida portlagan. Oʻzbekistonda sent,—noyabr oylarida yaxshi koʻrinadi. 1957 y.da K.da oʻta yangi yulduz chaqnagan. Undan insoniyatga maʼlum radionurlanishlar manbalari ichida eng kuchli manba joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil