Kristopher Foucault

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristopher Foucault
Kristopher Foucault, 2022-yil
Tugʻilgan joyi 12-dekabr 1990-yil (1990-12-12) (33 yosh)
Calgary, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 203 lb (92 kg; 14 st 7 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
DEL
Sobiq jamoalar
Iserlohn Roosters
Minnesota Wild
Vienna Capitals
ZSC Lions
Grizzlys Wolfsburg
ERC Ingolstadt
Eisbären Berlin
NHLga kirish drafti 103-oʻrindagi tanlov, 2009
Minnesota Wild
Jamoalardagi faoliyat 2011—hozirgacha

Kristopher Foucault (talaffuzi: Kristofer Fuko) (1990-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Kristopher Foucault hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Iserlohn Roosters“ xokkey jamoasi bilan oʻynamoqda.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Kristopher Foucault 2003-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Calgary Junior Flames“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

2011-yil 27-may kuni Kristopher Foucault „Minnesota Wild“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[2]. 2012-yilning 14-fevralida Kristopher Foucault NHLdagi ilk oʻyinini o‘tkazdi[3]. 2013-2014-yilgi mavsumda Kristopher Foucault „Minnesota Wild“ xokkey klubining AHL filiali „Iowa Wild“ xokkey klubi safiga yuborildi. Kristopher Foucault „Iowa Wild“ xokkey klubi safida 58 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

2014-yil 3-iyulda Kristopher Foucault AvstriyaningVienna Capitals“ (EBEL vakili) xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma asosida oʻzining birinchi Yevropadi shartnomasini imzoladi[4]. Kristopher Foucault 2015-2016-yilgi mavsum uchun Shveytsariyaga koʻchib oʻtdi. Kristopher Foucault mavsumni Milliy A ligasi (NLA) vakili „ZSC Lions“ xokkey klubi safida oʻtkazdi[5].

2016-yilning may oyida Kristopher Foucault Germaniyaning Deutsche Eishockey Ligasi (DEL) vakili „Grizzlys Wolfsburg“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma tuzdi[6]. Kristopher Foucault 2019-yilning 8-martida klubni erkin agent sifatida tark etdi[7].

Shundan soʻng, Kristopher Foucault 2 019-yil 15-aprelda "ERC Ingolshtadt " xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoldi[8]. „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan samarali mavsumdan so‘ng, Kristopher Foucault 2020-yil 24-noyabrda bir yillik shartnoma asosida „Eisbären Berlin“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2006—2007 Swift Current Broncos WHL 3 0 0 0 0
2007—2008 Kootenay Ice WHL 33 0 3 3 12 8 2 1 3 2
2008—2009 Kootenay Ice WHL 4 0 1 1 4
2008—2009 Calgary Hitmen WHL 22 9 7 16 12 18 11 5 16 10
2009—2010 Calgary Hitmen WHL 68 22 21 43 31 23 9 7 16 21
2010—2011 Calgary Hitmen WHL 65 25 23 48 60
2010—2011 Houston Aeros AHL 1 0 0 0 0
2011—2012 Houston Aeros AHL 70 14 18 32 44 4 1 0 1 0
2011—2012 Minnesota Wild NHL 1 0 0 0 0
2012—2013 Houston Aeros AHL 28 5 6 11 4 4 0 0 0 0
2013—2014 Iowa Wild AHL 58 11 11 22 35
2014—2015 Vienna Capitals EBEL 54 22 25 47 22 14 7 6 13 18
2015—2016 GCK Lions NLB 12 8 4 12 8
2015—2016 ZSC Lions NLA 16 5 2 7 4
2016—2017 Grizzlys Wolfsburg DEL 12 4 4 8 2
2017—2018 Grizzlys Wolfsburg DEL 35 18 14 32 20 5 2 1 3 0
2018—2019 Grizzlys Wolfsburg DEL 7 5 2 7 0
2019—2020 ERC Ingolstadt DEL 52 16 26 42 22
2020—2021 Eisbären Berlin DEL 35 18 12 30 24 9 1 4 5 0
NHL jami 1 0 0 0 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  2. „Wild Signs Foucault To Entry Level Deal - Minnesota Wild - News“. Wild.nhl.com (2011-yil 27-may). Qaraldi: 2012-yil 14-fevral.
  3. „Same old story for Wild: Offense goes silent, losing streak grows“. ESPN (2012-yil 14-fevral). 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-fevral.
  4. „Kris Foucault reinforces Vienna Capitals“ (German). Vienna Capitals (2014-yil 3-iyul). Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
  5. „Hockey Canada announces 23-player roster for 2015 Spengler Cup“. www.hockeycanada.ca. Qaraldi: 2016-yil 12-mart.
  6. „Grizzlys Wolfsburg agree to terms with Kris Foucault“ (German). EHC Wolfsburg (2016-yil 2-may). Qaraldi: 2016-yil 2-may.
  7. „Further personnel decisions taken by Wolfsburg“. Grizzlys Wolfsburg (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  8. „Wolfsburg duo sign for ERC“ (German). ERC Ingolstadt (2019-yil 15-aprel). Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  9. „Eisbären Berlin sign Kris Foucault“ (German). Eisbären Berlin (2020-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.