Kortes Ernan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KORTES (Cortes) Ernan (1485-1547) — ispan konkistadorlaridan biri. K. 1504—19 y.lar Kubada xizmat qilgan; Meksikada ispan hukmronligini oʻrnatilishiga olib kelgan bosqinchilik yurishi (1519—21) ni boshqargan; Yangi Ispaniya (Meksika) gubernatori (152228), gen.-kapitani (1529-40); Tinch okeanidan Atlantika okeaniga oʻtishning dengiz yoʻlini topish maqsadida Markaziy Amerikani kesib oʻtgan (1524). 1540 i. Ispaniyaga qaytib, shu yerda vafot etgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil