Konstantin Borisov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Borisov
Константин Борисов
Tavalludi 14-avgust 1984-yil
Smolensk shahri, Smolensk viloyati, SSSR
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi sinov kosmonavti
Millati Rus
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
Hozirda koinotda
Missiyalar SpaceX Crew-7 (Expedition 69/Expedition 70|70)
Missiya belgisi

Konstantin Sergeyevich Borisov (rus. Konstantin Sergeevich Borisov; 1984-yil 14-avgustda Smolensk viloyatida tugʻilgan) – rossiyalik kosmonavt, hozirda 2023-yil 26-avgustda fazoga uchirilgan SpaceX Crew-7 missiyasi ishtirokchisi.

Biography[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilning 27-iyunida Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining iqtisod fakultetida bakalavr darajasini tamomlagan. 2006-yil 27-sentabrdan, 2007-yil 3-dekabrgacha Buyuk Britaniyaning Coventry shahridagi Warwick universitetida tahsil olib, „Operatsion tadqiqotlar va tizimlar tahlili“ yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. 2018-yilning iyun oyida u Moskva Aviatsiya institutida „Life Support Systems for Aircraft“ yoʻnalishida magistratura dasturini boʻyicha oʻqishni tugatgan (2016-2018) va shu bilan samolyot qurilishi yoʻnalishi boʻyicha ham „magistrlik“ malakasiga ega boʻlgan[1].

2018-yilda Borisov va yana 7 nafar shaxsga fazogir maqomi berildi, va u 2020-yilning dekabr oyida koinotga uchish va topshriqlarni bajarish huquqini beruvchi davlat imtihonini topshirgan[2][3].

Parvozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Borisov SpaceX Crew-7 missiyasining 69/70-ekspeditsiyada bort-muhandisi boʻlib xizmat qilmoqda va missiyasi davomiyligi 6 oy boʻlishi kutilyapti[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cosmonaut Biography: Konstantin Borisov“. www.spacefacts.de. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  2. „Roscosmos recruits 2018 cosmonaut class - collectSPACE: Messages“. www.collectspace.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. „Cosmonaut Selection 2018“. www.spacefacts.de. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  4. „Crew Dragon-7 launch to ISS with Russian cosmonaut Borisov due Aug 2023 - NASA“. interfax.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.