Kompyuter virusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kompyuter virusi - internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yo'q qilib,ishlamay qolishiga sabab bo'ladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki ma’lumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida so’z boradi. Virus ham tuzilishiga ko’ra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil ma’lumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmog’iga joylashtirilgan. Bu virus o’z faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta ko’lamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.


Kompyuter virusi - EHM ning xavfli "dasturi". Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga "joylashtiriladi" va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. K. v. kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. K. v. dasturini ishlab chiquvchilar 20-a. 80-y.lari boshida AKShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. K.v.ga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.[1]


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil