Komiljon Otaniyozov ijod markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komiljon Otaniyozov ijod markazi
Asos solingan sana 2017-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Xorazm, Urganch, Jingovuz mahallasi


Komiljon Otaniyozov ijod markazi – Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan. Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil noyabrda Xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda, Komiljon Otaniyozovning ijod markazini tashkil qilish va 100 yillik yubileyini nishonlash takliflarini berdi.[1] 2017-yil Komiljon Otaniyozovning 100 yillik yubileyini nishonlash doirasida Komiljon Otaniyozov ijod markazi ochildi.[2] Komiljon Otaniyozov O'zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog'iston xalq artisti hisoblanib, Shovot tumanida tugʻilgan. Komiljon Otaniyozov ijod markazi 2017-yil 20-iyunda ijod markaz oʻz faoliyatini boshladi.[3] Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami qatnashchilariga tabrigini davlat maslahatchisi X.Sultonov oʻqib eshittirdi.[4] Komiljon Otaniyozov oʻz sheʼrlaridan birida: „Oʻylasang oʻz baxtingni, el baxti birlan yor et, Ey, Komil, nomingni sen yaxshilar ichra bor et“, deb yozgan va bu hikmatni oʻzining hayotiy eʼtiqodiga aylantirgan shaxs edi. U faqatgina oʻz sozi va ovozi bilan emas, balki goʻzal insoniy fazilatlari bilan ham barchaga oʻrnak va namuna boʻlolgan buyuk sanʼatkor edi. Uning sanʼatga fidoyiligi, toʻgʻrisoʻz va samimiyligi, odamlarga mehribonligi hanuzgacha tillarda doston boʻlib kelayotgani bejiz emas. Mustaqillik yillarida madaniyatimizning barcha ulkan namoyandalari qatorida Komiljon Otaniyozov xotirasiga ham munosib hurmat va eʼtibor koʻrsatilib, u 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning farmoniga koʻra „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangani ayni el-yurtimizning koʻnglidagi ish boʻlgan edi. Dunyoga mana shunday buyuk zotlarni bergan, ularning yodini eʼzozlab, ardoqlab kelayotgan xalqimiz doimo omon boʻlsin. Shavkat Mirziyoyevning tabrigidan parcha.[5] Shu bilan birga Komiljon Otaniyozov ijod markazi atrofida bogʻ barpo etildi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/619
  2. http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/619
  3. https://urganchshahar.uz/uz/shahar-haqida/sanat-yodgorliklari/135-komilzhon-otaniezov-nomli-izhodiet-markazi.html
  4. http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/620
  5. http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/620
  6. https://cyberleninka.ru/article/n/sehirli-ovoz-sohibi/viewer