Koʻrlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻrlik, soʻqirlik, koʻz o j i z l i g i — koʻrish qobiliyatining butunlay yoʻqolishi, yorugʻlikni qorongʻilikdan ajrata olmaslik. Bunda koʻrish oʻtkirligi "0" boʻladi, buni davolash imkoni deyarli yoʻq. Yorugʻlikni qorongʻilikdan ajrata olmaydigan absolyut K. va koʻrish qobiliyati bir oz saqlangan n i s b i y K. farq qilinadi. I. ch. yoki kasbga aloqador K.ka uchragan kishilar nisbiy kur hisoblanadi. Yorugʻlikni sezib, hatto uning qaysi tomondan toʻshayotganligini bilsa ham, birovning yordamisiz uyidan tashkariga chiqa olmaydigan odam kur hisoblanadi. Shuning uchun turmushdagi K. deb ataladigan K. ancha keng . Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi K.da kishi har qanday optik asbob (koʻzoynak, lupa va b.) yordamida ham koʻrmaydi. Biror kasb egasining koʻzi juda xiralashib, oʻz ishini (aqliy mehnat bilan shugʻullanadigan kishilarning uqish va yozishni) davom ettira olmay qolishi k a s b g a aloqadorK. deb ataladi.

K. tugʻma va orttirilgan boʻladi. Tugʻm a K. bosh miyaning ayrim boʻlaqlari, koʻrish nervlari, koʻz tur pardasi rivojlanishining buzilishi oqibatida vujudgakeladi. Orttirilgan K. koʻz kasalliklari {glaukoma, traxoma, keratit, koʻrish nervlarining zararlanishi va b.), shuningdek, koʻz kosasi va bosh miya shikastlaridan soʻng paydo boʻladi. K.ning oldini olishda koʻz soqqasi, koʻz kasalliklari, xususan, glaukomani barvaqt aniqlash muhim. Koʻpchilik koʻr kishilar koʻrlar maktabida taʼlim oladilar va foydali mehnat bilan shugʻullanadilar. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil