Koʻmakchi
Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi. Gapda ot yoki õzlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Ko'makchi aslida mustaqil soʻzlardan hosil boʻlgan.
Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi:
1) sof (asl) ko'makchilar;
2) funksional ko'makchilar (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar).
Sof ko'makchi mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va boshqa.
Funksional ko'makchi mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum oʻrinlardagina koʻmakchi sifatida qoʻllanadi.
Funksional ko'makchining morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari:
1) ot K. (tomon, yon, oʻrta va boshqalar);
2) sifat K. (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar);
3) feʼl K. (koʻra, qarab, buylab va boshqalar);
4) ravish K. (burun, avval, ilgari va boshqalar).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |