Kir II Buyuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kir II Buyuk, Kurush, Kirauava-uxsh (? — miloddan avvalgi 530) — qadimgi Eron shohi (miloddan avvalgi 558—530). Ahamaniylar sulolasidan. Miloddan avvalgi 558-yil Midiyaga tobe fors qabilalari ittifoqini boshqargan va miloddan avvalgi 553-yil qoʻzgʻolon koʻtarib Midiya taxtini egʻallagan (miloddan avvalgi 550) va Midiya podsholarining rasmiy unvonlarini qabul qilib, bu bilan axomaniylar sulolasiga asos solgan. Shundan soʻng Parfiyani, miloddan avvalgi 546-yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon davlatlarini bosib olgan. Miloddan avvalgi 545—539-yillarda Dra-ngʻiyona, Margʻiyona, Xorazm, Sugʻdiyona, Baqtriya, Areyya, Gedrosiya, xaumavarg saklari yashaydigan hududni, Sattagidiya, Araxosiya va Gandharani istilo qilgan. 539 yil K. II qoʻshinlari Bobilni bosib olgan. Bobildan gʻarbda, Misr chegaralarigacha joylashgan mamlakatlar forslarga oʻz ixtiyorlari bilan boʻysunishgan. Kir II Bobil, Ossuriya, Elam va Iudeya (Yahudiya)dagi ibodatxonalarni, shuningdek, Bobil shahri devorini tiklagan. Bobil shoxlari tomonidan Mesopotamiyaga zoʻrlab koʻchirilgan xalqlarga Kir II oʻz yurtlariga qaytishlariga ruxsat bergan. Bobil podshoh qarorgohlaridan biriga aylangan va Kir II "Bobil podshohi, mamlakatlar shohi" unvonini olgan. Miloddan avvalgi 530-yil iyulida Kir II Oʻrta Osiyodagi massagetlar ustiga yurish qilgan, biroq, Toʻmaris rahbarlik qilgan massagetlar bilan boʻlgan jangda uning qoʻshini butkul tor-mor keltirilib, Kir II halok boʻlgan. Kir II obrazi qadimgi sharq va antik adabiyotda chuqur iz qoldirgan. Masalan, Ksenofontnit "Kiropediya" asari oʻnga bagʻishlangan.

Xalq ogʻzaki ijodining baʼzi namunalarida Kir II ni kayoniylar sulolasiga mansub Kayxusrav bilan chalkashtirish hollari ham uchraydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gerodot, Istoriya v devyati knigax, L., 1972.<ref>OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]