Kepler Iogann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KEPLER (Kepler) Iogann (1571.27.12, Vaylder_Shtadt, Vyurgemberg 1630.15.11, Regensburg , Bavariya) — nemis astronomi va matematigi. Tyubingen akademiyasida tahsil olgan; oʻsha vaqtlari N. Kopernik asarlari bilan tanishib chiqqan. 1594 y.dan Avstriyaning Grats shahrida mat. va astronomiya uqituvchisi. 1600 y.dan Praga rasadxo-nasida T. Brage rahbarligida ishladi. K. Pragada optik asboblarning astro-nomiyaga tatbiqi va Quyosh tojiga ba-gʻishlangan "Viteloga qoʻshimchalar" (1604), oʻzi ixtiro qilgan teleskop haqidagi "Dioptrika" (1611) va b. asarlarini chop ettirdi. "Yangi astronomiya" asarida sayyoralar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. "Olam garmoniyasi" asarida (1619) esa 3-qonunni ham tavsiflab berdi (q. Kepler qonunlari). "Kopernik astronomiyasini qisqartirish" asarida (1618-22) oʻzining 3 qonunini barcha sayyoralar harakati uchun, ayrimlari esa Oy va Yupiter yoʻldoshlari uchun ham oʻrinli degan toʻxtamga kelgan. K. 1627 yili "Rudolf jadvallari" asaridagi hisoblashlariga tayangan holda 1631 y.da Venera sayyorasi Quyosh diskidan oʻtishini aytib berdi. Mat. sohasida K.ning "Vino bochkalarining yangi stereometriyasi" asari mashhur boʻlib, unda integral hisob haqida boshlangʻich maʼlumotlarga duch kelinadi. K.ning logarifmlar nazariyasi va hisoblash usullariga oid bir qator ishlari maʼlum.

K.ning kashfiyotlari nazariy astronomiya taraqqiyotiga asos boʻldi.

Adabiyot[tahrir]

  • Yeremeyeva A.N., Vidayushiyesya astronomi mira, M., 1966.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil