Katie Robinson
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Katie Robinson | ||
Tavallud sanasi | 8-avgust 2002-yil | ||
Tavallud joyi | Angliya | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
Charlton Athletic (on loan from Brighton & Hove Albion) | ||
Raqami | 22 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Bristol City | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018-2020 | Bristol City | 17 | (0) |
2020- | Brighton & Hove Albion | 7 | (0) |
2022- | → Charlton Athletic (ijara) | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2018- | England U17 | 11 | (8) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 18-mart uchun) |
Ketie Robinson (2002-yil, 8-avgustda tugʻilgan)[1] — Angliyalik professional futbolchi, Angliya ayollar chempionatida Charlton Athletic klubida ijara asosida FA WSL klubi Brighton & Hove Albion safida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bristol City[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ketie Robinson Bristol City akademiyasida safdan oʻtdi. U Bristol City klubidagi debyutini 2019-yil, 14-oktabr kuni WSL doirasida Birmingham City klubiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Juliette Kemppi o‘rniga 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushib o‘tkazdi.[2][3] Robinson faoliyatidagi ilk golini 2018-yilning 5-dekabrida Liga kubogida ikkinchi darajali Aston Villa klubi ustidan qozonilgan g‘alaba 5:2 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda kiritdi.[4] Ikki mavsumdan soʻng Ketie Robinson Bristol City klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va 2019-20-yilgi mavsum oxirida Bristol City klubini tark etdi.[5][6]
Brighton & Hove Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil, 13-iyulda Katie Robinson Brighton & Hove Albion jamoasiga qoʻshildi va bu jarayonda oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi.[7] 2020-yil sentabr oyida Katie Robinson mashg‘ulot vaqtida oldingi xoch buragidan jarohat oldi. Bu uning 2020-21-yilgi mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborganini anglatardi.[8]
Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoshlik karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Katie Robinson Angliyani 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan.[9] Katie Robinson Angliya U-17 terma jamoasidagi debyutini 2018-yil, 19-sentabr kuni 2019-yilgi UEFA 17 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi chempionati saralash bosqichida Fran Stables o‘rniga 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan, Kishinyovda Moldovaga qarshi 6:0 hisobi bilan yakunlangan oʻyinda Angliyaning uchinchi golini kiritdi.[10]
Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 13-iyul, 2020-yil.[11]
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Liga kubogi | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Bristol City | 2018-19 | WSL | 7 | 0 | 1 | 1 | 2 | 1 | 10 | 2 |
2019-20 | 10 | 0 | 2 | 1 | 5 | 1 | 17 | 2 | ||
Jami | 17 | 0 | 3 | 2 | 7 | 2 | 27 | 4 | ||
Brighton & Hove Albion | 2020-21 | WSL | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
Karyera jami | 18 | 0 | 3 | 2 | 7 | 2 | 27 | 4 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ UEFA.com. „Katie Robinson – England – WU17 EURO“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
- ↑ „Bristol City vs. Birmingham City – 14 October 2018 – Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 18-aprel.
- ↑ „Report: Bristol City Women 0-1 Birmingham City Women“ (en). Bristol City.
- ↑ „Report: Bristol City Women 5–2 Aston Villa Ladies“ (en). Bristol City.
- ↑ „Robinson departs City Women“ (en). Bristol City.
- ↑ „Teenage Bristol City forward opts for fresh challenge“. FAWSL Full-Time (2020-yil 11-iyun).
- ↑ „Powell adds second new signing“ (en). www.brightonandhovealbion.com.
- ↑ „Birmingham beat Brighton on penalties“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 18-mart.
- ↑ „England – K. Robinson – Profile with news, career statistics and history – Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
- ↑ Association. „Melissa Filis bags hat-trick as England U17s romp to 6-0 win in Moldova“ (en). www.thefa.com.
- ↑ „Katie Robinson soccerway profile“. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.