Karl Braunshtayner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Karl Braunshtayner

Rasmda chapdagi
Tavalludi 27-oktyabr 1891-yil
Vafoti 19-aprel 1916-yil
Toshkent, Turkiston, Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Boʻyi 168 sm

Karl Braunshtayner (nemischa: Karl Braunsteiner, 27-oktyabr 1891-yil, Vena – 19-aprel 1916-yil, Toshkent, Turkiston oʻlkasi) – avstriyalik futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. 1912-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karl Braunshtayner 27-oktyabr 1891-yilda Vena shahrida tavallud topgan. 1911-yilda kattalar futbolida debyut qilgan. Sentyabr oyida oʻynagan Wiener Sport klubi soʻnggi Chaqiruv kubogi gʻolibiga aylangan. Yosh futbolchi dastlabki tur oʻyinlarida maydonga tushgan va finalda oʻzidan tajribaliroq Ferensvaros ustidan gʻalaba qozongan[2]. 1911-yilgi mavsumdan boshlab Vena ligasi chempionatlari oʻtkazila boshlangan. Klubning birinchi turnirida ikkinchi oʻrinni, keyingi yili uchinchi oʻrinni egallagan. Klubdagi atigi uch mavsumda 43 oʻyin oʻtkazgan va 16 gol urgan.

Karl 1912-yil 5-mayda Avstriya milliy futbol terma jamoasida debyut qilgan. Venada mezbonlarning asosiy raqibi Vengriya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda durang natija qayd etilgan (1:1). Karlga Stokgolmdagi Olimpiya oʻyinlariga borish uchun bitta oʻyin kifoya qilgan.

Olimpiya turnirining birinchi bosqichida Avstriya terma jamoasi nemislar ustidan gʻalabaga erishgan, ammo keyingi turda Gollandiyaga magʻlub boʻlgan[3]. Avstriya terma jamoasi Olimpiyadani oltinchi oʻrin bilan yakunlagan va Karl Braunshtayner barcha oʻyinlarda qatnashgan.

Karl keyingi ikki yil ichida terma jamoa safida Italiya va Vengriya terma jamoalariga qarshi yana ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Futbolchi Birinchi jahon urushi boshida 1-qal’a artilleriya polkiga (nemischa: Festungsartillerieregiment Nr. 1) va Sharqiy frontga yuborilgan. U rus qoʻshinlari 1914-yil sentyabrdan 1915-yil martgacha bosib olishga uringan Twierdza Przemyśl qal’asini himoya qilishda qatnashgan. 22-mart kuni ochlik va kasallikdan charchagan 100 000 dan ortiq avstriyalik askar va Twierdza garnizoni qoʻmondonligi taslim boʻlgan. Karl Breynshtayner 1916-yil 19-aprelda Toshkentdagi harbiy asirlar lagerida tifdan vafot etgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Karl Braunsteiner Bio, Stats, and Results“ (en). Olympics at Sports-Reference.com. 2011-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  2. „Fussball in Österreich Spiel: Wr. Sportclub Ferencvaros Budapest“. www.austriasoccer.at. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  3. „Fussball in Österreich“. www.austriasoccer.at. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  4. „Wiener Sport-Club Online - Historie: Karl von Gottes Gnaden“. web.archive.org (2005-yil 15-fevral). 2005-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.