Kapella (yulduz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KapellaAravakash yulduz turkumining eng ravshan yulduzi. Osmon sferasining Shim. yarim sharidagi eng yorugʻ yulduzlardan biri. Quyoshdan uzoqligi 13,7 parsek. Mutlaq ravshanligi Quyoshdan 150 baravar kuchli. K. juda zich qoʻshaloq yulduz boʻlgani uchun interferometr yordamida ajratib koʻrish mumkin. Oʻrtacha kenglikda yil boʻyi koʻrinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil