Kalidasa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalidasa (taxminan, 5-asr) — hind shoiri va dramaturgi. K.dan "Raghu nasli", "Kumariyning tugʻilishi", "Darakchi budut", "Yil fasllari" lirik dostonlari hamda "Malavika va Agnimitra", "Uzugidan tanilgan Shakuntala" (yoki "Shakuntola"), "Matonat bilan olingan Urvashi" dramalari qolgan. Hind adabiyotining qad. yodgorliklari sanalgan vedalar, "Mahabhorat" va "Ramayana" epik dostonlari K. asarlariga manba boʻlib xizmat qilgan. K. xalq manfaatlarini nazar-pisand qilmaydigan hukmdorlarning bosqinchilik urushlarini qoralagan, insonning ijodiy salohiyatini ulugʻlagan. K. "Raghu nasli" dostonida afsonaviy Raghu naslining hayoti, shuningdek, Hindistondagi turli xalklarning turmush tarzini aks ettirgan. K. — nozik ruhshunos hamdir. Uning dramaturgiyasi qad. Hindistonda teatr sanʼatining yuksak darajada rivoj topganligini koʻrsatadi[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil