Jung Jo-gook

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jung Jo-gook
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jung Jo-gook
Tavallud sanasi 23-aprel 1984-yil (1984-04-23) (40 yosh)
Tavallud joyi Buan, Janubiy Jeolla Provinsiyasi, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gangwon FC
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2010 Anyang LG / FC Seoul 156 (50)
2010—2012 Auxerre 16 (2)
2011—2012Nancy (Ijara) 20 (2)
2012—2015 FC Seoul 30 (5)
2013—2014Ansan Police 36 (16)
2016 Gwangju FC 31 (20)
2017—2019 Gangwon FC 105 (36)
2020 Jeju United FC 12 (1)
Milliy terma jamoa
2000 Janubiy Koreya U17 3 (3)
2002—2003 Janubiy Koreya U20 20 (15)
2003—2006 Janubiy Koreya U23 10 (3)
2006 Janubiy Koreya 13 (4)
Boshqargan klublari
2021- Jeju United FC
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jung Jo Gook (talaffuzi: Chjun Chjo Guk) (1984-yil 23-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, „Jeju United“ klubiga murabbiylik qiladi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seoul FC[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Daesin oʻrta maktabini tugatib, Jung Jo-Guk oʻzining ilk katta klubi „Seoul“ klubiga (oʻsha paytda Anyang LG Cheetahs nomi bilan atalgan) qoʻshilgan. Jung jamoada hujumchi sifatida oʻynagan. U oʻzining debyut mavsumida 32 oʻyinda 12 ta gol urgan va 2003-yilda K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Biroq, uning yaxshi oʻyinlari uzoqqa choʻzilmagan va 2007-yilgacha doimiy jarohati tufayli oʻz darajasida oʻynay olmagan. 2008-yilning ikkinchi yarmida u oʻzining jismoniy holatini qayt tiklagan va 14 uchrashuvda 8 ta gol urgan.

AJ Auxerre[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Seoul" klubining K ligasi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berganidan soʻng Jung Fransiya Liga 1 jamoasi AJ Auxerre bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Auxerrening shartnoma taklifini qabul qilib, u Liga 1da xarakat qiladigan uchinchi koreyalik futbolchi boʻlgan. 2010-yil 3-yanvarda Jung ikki yarim yillik shartnoma imzolagan[1][2]. U 2011-yilning 8-yanvarida ES Wasquehalga qarshi o‘yinda AJ Auxerre safida debyut qilgan[3]. 2011-yil 29-yanvarda Jung Liga 1da AJ Auxerre uchun debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan[4].

2010/2011-yilgi mavsumda Jung „Auxerre“ uchun safida zaxiradan 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Biroq, u 2011/2012-yilgi mavsumda Liga 1ning boshqa jamoasi AS Nansyga 2011-yil 16-sentyabrda mavsum oxirigacha ijaraga berilgan[5].

FC Seoulga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 6-iyulda Jung Jo-gook „Seoul“ klubiga qaytib kelgan va 2015-yilgi mavsumga qadar harbiy xizmatni oʻtash uchun Ansan Police FCda toʻp surgan.

Gwangju FC[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 11-yanvarida Jung Jo Gook „ Gwangju“ klubiga qo‘shilgan. U yaxshi mavsum oʻtkazgan va 31 liga oʻyinida 20 gol urib, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini yakunlagan. Bu natija tufayli u K ligasi eng yaxshi toʻpurari mukofotiga sazovor boʻlgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jung Jo-Gook oʻzining milliy termadagi faoliyatini 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan boshlagan, barcha yosh toifalarida (U-20 va U-23) ishtirok etgan va hozirda kattalar terma jamoasida oʻynaydi. Shu vaqt ichida u 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2006-yil 16-avgust Zhongshan futbol stadioni, Taypey, Tayvan  Xitoy Taypeyi 2 — 0 3-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
2. 2006-yil 6-sentyabr Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya  Xitoy Taypeyi 2 — 0 8-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3. 4 — 0
4. 8 — 0

Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Janubiy Koreya Liga KFA Kubogi Liga Kubogi Osiyo Jami
2003 Anyang LG Cheetahs K Liga 32 12 0 0 - - 32 12
2004 FC Seoul 18 2 2 5 12 6 - 32 13
2005 16 3 2 1 10 0 - 28 4
2006 17 4 3 1 10 2 - 30 7
2007 12 2 3 0 7 3 - 22 5
2008 14 8 0 0 7 1 - 21 9
2009 21 7 1 1 4 0 7 4 33 12
2010 26 12 1 0 3 1 - 30 13
Fransiya Liga Fransiya Kubogi Liga Kubogi Yevropa Jani
2010—11 AJ Auxerre Liga 1 15 2 1 0 0 0 - 16 2
2011—2012 1 0 0 0 0 0 - 1 0
2011—2012 AS Nancy (Ijara) 20 2 1 0 0 0 - 21 2
Janubiy Koreya Liga KFA Kubogi Liga Kubogi Osiyo Jami
2012 FC Seoul K Liga 17 4 0 0 - - 17 4
2013 Ansan Police FC K Liga 24 9 1 0 - - 25 9
2014 11 7 0 0 - - 11 7
2014 FC Seoul K League 2 0 1 0 - N/A N/A 3 0
2015 FC Seoul 11 1 1 2 - 6 2 18 5
2016 Gwangju FC 31 20 0 0 - 0 0 31 20
Jami FC Seoulda faoliyatida 186 55 14 10 53 13 13 6 266 84
AJ Auxerredagi faoliyatida 16 2 1 0 0 0 0 0 17 2
AS Nancydagi faoliyatida 20 2 1 0 0 0 0 0 21 2
Ansan Police FCdagi faoliyatida 35 16 1 0 0 0 0 0 36 16
Gwangju FCdagi faoliyatida 31 20 0 0 0 0 0 0 31 20
Karyerada jami 288 95 17 10 53 13 13 6 371 124

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

FC Seoul

  • K liga chempioni (2): 2010, 2012
  • K ligasi gʻolibi (1): 2008-yil
  • FA kubogi gʻolibi (1): 2015-yil
  • FA kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2014-yil
  • Liga kubogi sohibi (2): 2006, 2010
  • Liga kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2007-yil

Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • K ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi : 2003-yil
  • Koreya FA Kubogining eng yaxshi toʻpurari sovrini : 2004-yil
  • K-liganing eng yaxshi toʻpurari : 2016-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Communiqué Officiel: Jung Jogook s'engage avec l'AJA“ (fr). AJ Auxerre. aja.fr (2011-yil 3-yanvar). 2011-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Jung Jo-Gook completes Auxerre switch“. ligue1.com (2011-yil 3-yanvar).
  3. „ES Wasquehal – AJ Auxerre“. ligue1.com (2011-yil 18-yanvar).
  4. „SM Caen – AJ Auxerre“. ligue1.com (2011-yil 29-yanvar).
  5. „Jung Jo-Gook en joker“ (fr). AS Nancy. official site (2011-yil 15-sentyabr).