Joseph Louis Gay-Lussac

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joseph Louis Gay-Lussac (1778.6.12, San-Leonar - 1850.9.5, Parij) — fransuz kimyogari va fizigi. Parij fanlar akademiyasi aʼzosi (1806), Peterburg fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzosi (1826).

1802-yilda Dalotondan mustaqil ravishda gazlarning issiqdan kengayish qonunini kashf etdi (qarang Gay-Lussac qonunlari. 1808-yilda gazlarning oʻzaro birikishida hajmiy nisbatlar qonunini va shu yili L. Tenar bilan hamkorlikda oʻyuvchi natriy va kaliy ishqorlarini temir qirindisi ishtirokida qizdirib, natriy va kaliy olish usulini ishlab chiqdi. Birinchi boʻlib 1811-yilda sof sianid kislota hosil qildi. Gey-Lussak tuzlarning suvda eruvchanlik diagrammasini tuzib, analitik kimyoda hajmiy analiz usullari (titrlash, alkalimetriya, atsidimetriya)ni joriy qildi. 1827-yil sulfat kislota ishlab chiqarishning nitroza usulini takomillashtirdi; sulfat kislota zavodlarining qoʻrgʻoshin kameralarida hosil boʻladigan azot oksidlarini yuttirish uchun maxsus minoralar qurishni taklif etdi va ularni ishga tushirdi. Gigrometr, spirtometr, barometr, termometr, nasosga oʻxshash bir qancha asboblarni ixtiro qildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil