Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga koʻra, nomusga tegish (118-modda), jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish (119-modda), besoqolbozlik (120-modda), ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda), 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda) jinoyatlari [1]. Jinsiy jinoyatning obyekti 16 yoshga toʻlgan shaxsning jinsiy erkinligi hamda 16 yoshdan kichik shaxslarning esa jinsiy daxlsizligi hisoblanadi. Besoqolbozlik jinoyatida jinoyat obyekti jinsiy munosabatlarning jamiyatda qaror topgan tartibi deb qaraladi. Jinsiy jinoyat shartli tarzda ikki guruhga boʻlinadi: jabrlanuvchi ixtiyoriga zid ravishda sodir etiladigan jinsiy jinoyat — nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish shu jumladan ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish kabilardir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti.