Jimmy Hare

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jimmy Hare

Hare (1913)
Tavalludi
James H. Hare

3-oktyabr 1856-yil
London, England
Vafoti 24-iyun 1946-yil(1946-06-24)
(89 yoshda)
Teaneck, New Jersey
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik, United Kingdom of Great Britain and Ireland va AQSh
Kasbi Fotojurnalist

Jimmy Hare - (1856-yil 3-oktabr – 1946-yil 24-iyun) 1898 – 1931-yillarda faoliyat yuritgan ingliz fotojurnalisti. U urush paytidagi beshta yetakchi fotograflarning biri boʻlgan. Shuningdek, Jimmy Collierning katta tirajli jurnalga aylanishiga turtki boʻlgan[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hare Londonda George Hare oilasida tugʻilgan. U Londondagi Avliyo John kollejida tahsil oldi. Bir yildan soʻng esa oʻz ixtiyori bilan kollejdan ketdi va otasining fotoapparat doʻkonida ishlay boshladi.

1879-yilda Hare va otasi oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. U otasiga texnologik jihatdan endigina amalga oshirilayotgan kichikroq qoʻl kameralarini yasashni boshlash kerakligini aytgan. Otasi bu taklifni qoʻllamagach James boshqa London firmasida ishlash uchun doʻkonni tark etadi. Oʻsha yilning 2-avgustida Hare Ellen Crapperga uylanadi. Ularning 5 farzandi boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1880-yillarning boshlarida Hare kamera ishlab chiqarishga qiziqishni yoʻqota boshladi. Soʻng erkin fotografiya bilan shugʻullana boshlagan va oʻz ishlarini Londonning turli jurnallariga sotishga erishgan.

James 1889-yilda Londondan Bruklinga (New York) koʻchib oʻtadi. E.& HT Enthony & Co. kompaniyasining texnik maslahatchisi boʻladi va u yerda umrining oxirigacha yashaydi. Hare bir muncha vaqt erkin fotograf sifatida ham ishlagan. 1895-yilda esa Illustrated American jurnalida rasman fotomuhbir boʻlib faoliyat yuritadi.

1898-yil 15-fevralda, Amerika shtab-kvartirasi yongʻin sababli vayron boʻlganidan bir oy oʻtgach Hare yongʻin vayronalarini va Ispaniya Kubasidagi hayotni suratga olishni taklif qilgan. Bu uning birinchi yirik ishi edi. Keyinchalik Ispaniya-Amerika urushi (1898) voqealarini suratga oldi, Ushbu fotoreportaj Collierning tirajining keskin ortishiga sabab boʻlgan. Bu vaqtda James bilan birga ishlagan boshqa muxbirlar orasida Sylvester Scovel, Stephen Crane hamda Richard Harding Davis ham bor edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Debroise, Olivier. Mexican Suite: A History of Photography in Mexico. Austin: University of Texas Press 2001, pp. 177-78.