Jim Walton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jim Walton
Tavalludi 7-iyul 1948-yil (1948-07-07) (75 yosh)[1]
Fuqaroligi AQSH
Turmush oʻrtogʻi Lynne McNabb Walton
Bolalari (4 ta farzandi bor)[2]
Otasi Sam Walton
Onasi Helen Walton

James Carr Walton (talaffuzi: Jeyms Karr Uolton, 1948-yil 7-iyunda tugʻilgan) – amerikalik tadbirkor, hozirda Walmart shirkatining egalaridan biri. 2023-yil noyabr holatiga koʻra, Walton Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga koʻra, 73 milliard dollar boyligi bilan dunyoda 15-oʻrinda turadi[3][4][5][6].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam Waltonning kenja oʻgʻlidir[2][1][7][8][9][10]. Arkanzas shtatining Jekson okrugidagi Nyuport shahrida tugʻilgan. Walmart asoschisi Sem Uolton (1918–1992) va Xelen Uoltonning (1919–2007) farzandi. Rob Uolton, Elis Uolton va Jon Uoltonning ukasi[11][12][13]. Uolton 1965-yilda Bentonvil oʻrta maktabini tamomlagan. Shtat darajasida futbol oʻynagan va samolyotda uchishni ham oʻrgangan. Uolton 1971-yilda Arkanzas shtatining Fayettevill shahridagi Arkanzas universitetida marketing boʻyicha biznes boshqaruvi bakalavri darajasini oldi[14][15]. 1972-yildan koʻchmas mulk savdolarida qatnashdi. 1975-yilda oilaga tegishli Walton Enterprises kompaniyasiga prezident boʻldi[16][17][18].

2005-yil 28-sentyabrda vafot etgan akasi Jonning oʻrniga Walmart direktorlar kengashiga kirdi[19]. Hozirda Strategik rejalashtirish va moliya qoʻmitalarida raislik qiladi[20]. Arvest Bank raisi boʻlgunga qadar oilasiga tegishli Arvest Bankning bosh direktori va Jim Uoltonga tegishli Community Publishers Inc. gazeta kompaniyasining raisi boʻldi[21][22].

2008-yildan 2013-yilgacha aka-ukalari bilan oilaviy fondiga taxminan 2 milliard dollar ajratgan[23][24].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning toʻrt farzandi bor: Elis A. Proietti (1979-yil noyabrda tugʻilgan), Styuart Uolton (1981-yil aprelda tugʻilgan), Tomas L. Uolton (1983-yil sentyabrda tugʻilgan) va Jeyms M. Uolton (1987-yil avgustda tugʻilgan). Oila Arkanzas shtatining Bentonvil shahrida istiqomat qiladi[25].

2014-yilda Forbes milliarderlar roʻyxatida 34,7 milliard dollarlik boyligi bilan 10-oʻrinni egalladi[26]. 2013-yilgi Forbes 400 Amerikaning eng boy odamlari roʻyxatida u 7-oʻrinni egalladi[27]. 2019-yil mart oyi holatiga koʻra, 45,7 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning 16-eng boy odami sifatida qayd etilgan[28].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Sam Walton: Great From the Start“. Harvard Business School (2001-yil 23-iyul). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Jim Walton“. Forbes (2013-yil sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  3. „Walmart's surge just added 32 billion to the Walton family's wealth“. nordic.businessinsider.com. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  4. Ortega, Bob. In Sam We Trust: The Untold Story of Sam Walton and how Wal-Mart is Devouring the World. Kogan Page Publishers, 1999 — 28 bet. ISBN 978-0-7494-3177-8. 
  5. „Sam Walton: Great From the Start“. Harvard Business School (2001-yil 23-iyul). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  6. „Bloomberg Billionaires Index: Jim Walton“. Bloomberg. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  7. Ortega, Bob. In Sam We Trust: The Untold Story of Sam Walton and how Wal-Mart is Devouring the World. Kogan Page Publishers, 1999 — 28 bet. ISBN 978-0-7494-3177-8. 
  8. „The Worldʼs Billionaires #26 Jim Walton“. Forbes (2008-yil 3-may). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  9. „Executive Profile: Jim C. Walton“. Bloomberg Businessweek. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  10. Serwer, Andy. „THE WALTONS/ INSIDE AMERICAʼS RICHEST FAMILY“. CNNMoney.com (2004-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  11. „Jim Walton“. Forbes (2013-yil sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  12. „2014 Forbes Billionaires“. Forbes (2014). 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
  13. „The World's Billionaires #26 Jim Walton“. Forbes (2008-yil 3-may). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  14. „Jim C. Walton“. walmart1percent. 2016-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  15. „Executive Profile: Jim C. Walton“. Bloomberg Businessweek. 2013-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  16. Ortega, Bob. In Sam We Trust: The Untold Story of Sam Walton and how Wal-Mart is Devouring the World. Kogan Page Publishers, 1999 — 28 bet. ISBN 978-0-7494-3177-8. 
  17. Serwer, Andy. „THE WALTONS/ INSIDE AMERICA'S RICHEST FAMILY“. CNNMoney.com (2004-yil 15-noyabr). 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  18. Buehler, Nathan. „The Top 4 Walmart Shareholders“ (en-US). Investopedia (2016-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  19. „Executive Profile: Jim C. Walton“. Bloomberg Businessweek. 2013-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  20. „Jim C. Walton“. walmart1percent. 2016-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  21. „Jim C. Walton Chairman and CEO of Arvest Bank Group, Inc.“. Walmart (2008-yil 5-mart). 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  22. Serwer, Andy. „THE WALTONS/ INSIDE AMERICA'S RICHEST FAMILY“. CNNMoney.com (2004-yil 15-noyabr). 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  23. „Jim Walton“. Forbes (2013-yil sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  24. Mark A. Joyce. „Guest columnist recounts out-of-state money and PAC support going to campaigns of certain BESE candidates“. Louisiana Voice (2015-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-noyabr.
  25. „Jim C. Walton“. walmart1percent. 2016-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-dekabr.
  26. „2014 Forbes Billionaires“. Forbes (2014). 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-mart.
  27. „The Forbes 400 The Richest People in America“. Forbes (2013-yil sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 22-dekabr.
  28. „Jim Walton“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 27-mart.