Arkansas universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arkansas universiteti[1]
Shiori Haqiqat bilan olg'a borish
Asos solingan 1871-yil 27-mart
Oʻquv yurti turi davlat universiteti
Yoʻnalish tadqiqot
Prezident Terry Martin (vaqtinchalik)
Rektori Charles Robinson(vaqtinchalik)
Talabalari 30,936 (2022-yil kuzgi semestr)[2]
Bakalavriat 26,485[2]
Magistratura 4,451[2]
Aspirantura 383[2] (Law)
Akademiklar 1,353[3] ta
Kampusi Shaharda
Manzili 36°04′07″N 94°10′34″W / 36.068681°N 94.176012°W / 36.068681; -94.176012 G OKoordinatalari: 36°04′07″N 94°10′34″W / 36.068681°N 94.176012°W / 36.068681; -94.176012 G O Fayetteville, AQSh
Vebsayti uark.edu

Koordinatalari: 36°4′6.999999999997″N 94°10′34.000000000003″W / 36.06861111111111029°N 94.17611111111111200°W / 36.06861111111111029; -94.17611111111111200 G O{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page

Arkansas universiteti (UArk yoki UA) Arkansas shtatining Fayetteville shahridagi davlat yer granti tadqiqot universitetidir[4].Arkansas universiteti Arkansas universitetlari tizimining flagman kampusi va shtatdagi eng yirik universitet hisoblanadi[5]. Universitet dastlab 1871-yilda Arkansas Industrial universiteti sifatida tashkil etilgan.Universitetda darslar birinchi marta 1872-yil 22-yanvarda boʻlib oʻtgan. Universitetning hozirgi nomi 1899-yilda qabul qilingan.

Universitet kampusi 512 akr maydonni egallaydi.Kampusda 378 ta bino mavjud. Universitet kampusi Arkansas shtatining Fayetteville shahrida joylashgan. Universitetda 200 dan ortiq akademik dasturlar mavjud[6]. 2019-yil kuz semestriga roʻyxatga olish soni 27 559 tani tashkil etdi[7]. Talabalarning professor-oʻqituvchilarga nisbati taxminan 19:1 ni tashkil qiladi. Universitet „R1: Doktorantura universitetlari — Juda yuqori tadqiqot faoliyati“ qatoriga kiritilgan va 2018-yilda universitet jami xarajatlari $175,5 millionni tashkil etgan[8][9][10].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arkansas universiteti kampusidagi Old Main binosi .

Arkansas universiteti 1871-yilda Ozark togʻlariga qaraydigan tepalik fermasi oʻrnida tashkil etilgan.Universitetning tashkil etilgan nomi unga „Tepalik“ laqabi bergan[11].

Universitet 1862-yildagi „Morrill Land-Grant kollejlari qonuni“ asosida tashkil etilgan. Universitetning tashkil etilishi, shuningdek, 1868-yilgi Arkansas Konstitutsiyasidagi „shtat universitetini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash“ haqidagi qoidani ham toʻlaqonli qoniqtirgandi[12].

Shtat shaharlari va tumanlaridan kelgan takliflar universitetning joylashish oʻrnini belgilab berdi.Fayettevile va Vashington okrugi fuqarolari[12] universitetni taʼminlash uchun 130 000 dollar vaʼda qilishdi. Universitetda darslar 1872-yil 22-yanvarda boshlandi.

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Old Main binosi 1875-yilda qurib bitkazilgan.Bino ikkinchi imperiya uslubida qurilgan, ikki minorali, gʻishtdan barpo etilgan.Bino, shuningdek, universitetning asosiy oʻquv va maʼmuriy binosi ham hisoblanadi. Old Main binosi tarixiy joylar reestriga kiritilgan. Binoning dizayni Illinois universitetining asosiy oʻquv binosi uchun chizilgan rejalarga asoslangan edi[13]. Universitetlar qurilishi rejasidagi shundan shundan iborat ediki, Arkansas universiteti rejasida soat va qoʻngʻiroq minoralari mavjud edi. Universitet shimolidagi baland minora qoʻngʻiroq minorasi, janubiy minora esa soat minorasi hisoblanadi. Janub minorasisi rejasida soat mavjud boʻlsa-da, u 2005-yil oktyabrgacha ishlaydigan soatga ega emas edi. Qoʻngʻiroq minorasida har doim qoʻngʻiroq ovozi boʻlgan, dastlab qoʻngʻiroqni koʻngilli talabalar biri chalgan. Universitetda elektron qoʻngʻiroqlar 1959-yilda oʻrnatildi.

1876-yilgi talabalardan boshlab, Arkansas universiteti talabalarining ismlari „Senior Walk“ yoʻlagida yozilgan.Bu yoʻlak kampus boʻylab toʻrt mildan koʻproq masofaga choʻzilgan[7]. Bu yoʻlakka yaqinda faxriy unvonlarga sazovor boʻlganlarning ismlari, jumladan, J. Edgar Hoover, Queen Noor, Prezident Bill Clinton va sobiq Davlat kotibi Hillary Clinton kabi taniqli shaxslarning ismlari ham qoʻshildi[13].

Arkansasdagi gʻayrioddiy tuzilmalardan biri bu Chi Omega yunon teatri boʻlib, u sorority milliy shtab-kvartirasi tomonidan maktabga sovgʻa qilingan. Bu yunoncha harfli ijtimoiy tashkilotlar tarixida birinchi marta milliy sorority oʻzi tashkil etilgan muassasaga oʻzi asos solgan yodgorlikni taqdim etdi[13]. Chi Omega 1895-yil 5-aprelda Arkansas universitetida tashkil etilgan va milliy tashkilotning ona (Psi) boʻlimi hisoblanadi. Teatr binosi tantanalar, yigʻilishlar, kontsertlar, dramalar va bayram mitinglari uchun ishlatiladi. Professor Walter J. Lemkening soʻzlariga koʻra, u yerda hozirgacha yigʻilgan eng katta olomon — 6000 dan ortiq — Ikkinchi Jahon urushi paytida Armiya havo korpusi guruhining kontserti uchun edi. 1934-yildan 1991-yilgacha sahna ostidagi boʻsh joy ROTC armiyasi tomonidan miltiq oʻqlari saqlash uchun ishlatilgan[13].

Kampus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arkansas universiteti bakalavr, magistr, doktorlik va huquqshunoslik darajalarini beradigan 200 dan ortiq oʻquv dasturlarini taklif etadi[14]. Akademik dasturlar asosiy kampusdagi oʻnta kollejdan iborat. Fayetteville kampusida quyidagi ilmiy darajalarni beruvchi akademik boʻlimlar joylashgan:

Kollej va maktab tashkil etish[13]
Kollej va maktab Tashkil etilgan yili
Dale Bampers qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va hayot fanlari kolleji 1905-yil
Muhandislik kolleji 1912-yil
Taʼlim va sogʻliqni saqlash kasb-hunar kolleji 1912-yil
J. William Fulbright sanʼat va fan kolleji 1912-yil
Huquq fakulteti 1924-yil
Sam M. Walton biznes kolleji 1926-yil
Oliy maktab va xalqaro taʼlim 1927-yil
Fay Jones arxitektura va dizayn maktabi 1974-yil
Bell muhandislik markazi

Tizim jihozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hammasi boʻlib Arkansas universiteti tizimida oʻn uchta filial va oltita boshqa boʻlinma mavjud, jumladan, Little Rockdagi Arkansas tibbiyot fanlari universiteti; Fayetteville, Fort Smit, Little Rock, Monticello va Pine Bluffdagi toʻrt yillik kampuslar va Batesville, De Queen, Helena-West Helena, Hope, Mena, North Little Rock va Morriltondagi ikki yillik jamoa yoki texnik kollej kampuslari . UA tizimi ostidagi boʻlinmalar Clinton davlat xizmati maktabi, jinoiy adolat instituti, Arkansas arxeologik tadqiqoti boʻlimi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Winthrop Rockfeller instituti va Arkansas matematika, fan va sanʼat maktabini oʻz ichiga oladi.

Kampus[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yil bitiruvchilari sinf namunasi.

Arkansas universiteti kampusi Arkansas shtatidagi Fayetteville shahrining gʻarbiy tomonidagi tepalikda joylashgan. Talabalar shaharchasidagi 378 ta binodan 11 tasi tarixiy joylarning reestri roʻyxatiga kiritilgan[15].

Old Main binosining qurilishi 1873-yilda boshlangan va 1875-yilda yakunlangan. Gʻisht va qumtoshdan qurilgan Old Main universitetning asosiy binosi boʻlib xizmat qiladi.

Universitetning eng qadimiy anʼanasi „Senior Walk“ hisoblanadi. „Senior Walk“da universitetning har bir sinfidan bitiruvchilarning ismlari mavjud. Old Mainning oldingi zinapoyasidan boshlanib, kampus boʻylab choʻzilgan „Senior Walk“ yoʻlagi 170 000 dan ortiq sobiq talabalar nomi bilan bezatilgan[16]. Bu anʼana Amerika universitetlariga xosdir.

Arkansas universiteti talabalarining ismlari (1876-yilgi birinchi katta sinfdan boshlab) kampusdagi beton yoʻlaklardan biriga va piyodalar yoʻlaklariga oʻyib yozilgan. Bu anʼanani 1905-yilda bitirgan talabalar boshlab berishgan. Ular oʻzlarining ismlarini Old Main binosi oldidagi yoʻlakka yozishgan. Ulardan keyingi sinflar oʻn yildan koʻproq vaqt davomida oʻz nomlarini yozib borishdi va keyinchalik bu universitet talabalari anʼanasiga aylandi. XX asrda bu yoʻlakka juda koʻplab universitet bitiruvchilarining nomlari oʻyib yozildi. Universiet kampusi va talabalar shaharchasi kengaygani sari bu ishni amalga oshirish ortiqcha vaqt talab qila boshladi. Shuning uchun, 1986-yilda universitet jamoasi har yili yozilishi kerak boʻlgan minglar nomlarni oʻyib yozish uchun „Senior Sand Hog“ deb nomlangan maxsus mashinani ishlab chiqdi[17]. 2013-yilda universitet jamoasi „Senior Walk“ yoʻlagining holati yomonlashayotganligini aniqladi. 2020-yilda yoʻlakka ismlarni oʻyib yozish anʼanasini saqlab qolish uchun universitet jamoasi asl „Senior Walk“ yoʻlagini yuqori sifatli monumental beton bilan almashtirdi. Yoʻlak chetlari asl poʻlat bar bilan toʻsildi hamda asl yoʻlakdagi ismlar qum bilan qoplandi. „Senior Walk“ yoʻlagidagi asl nomlarni saqlab qolish uchun uning baʼzi qismlari Old Main binosiga joylashtiriladi[18].

Taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi ikkalasi ham Arkansas universitetida o‘qimagan bo‘lsalar ham, sobiq prezident Bill Clinton ham, sobiq davlat kotibi va prezidentlikka nomzodIi qoʻyilgan Hillary Clinton ham 1970-yillar boshida universitetning huquq fakultetida dars bergan. Fayettevilleda ularning yashagan uyi hozirgi kunda tarixiy joy va muzeyga aylantirilgan[19].

Arkansas universiteti bitiruvchilari uyushmasi Qoʻshma Shtatlar boʻylab 30 ta shtatda boʻlimlarga ega[20]. Arkansas universitetining taniqli bitiruvchilari orasida 2009-yildan 2014-yilgacha Panama Respublikasining sobiq prezidenti boʻlgan Ricardo Martinelli ham bor[21]. Arkansas universitetining oʻn yetti nafar bitiruvchisi gubernator lavozimini egallagan. Ular orasida hozirgi kunda Arkansas shtatining gubernatori Asa Hutchinson ham bor[22][23]. Arkansas universitetining 26 nafar bitiruvchilari Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasida Arkanzas shtatidan vakillik qilganlar[24]. 1945-yildan beri Arkansas universitetining olti nafar bitiruvchisi AQSH Senatida senator lavozimida ishlagan[25].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Cited by Daniel B. Levine, "Combat Veterans' Experiences in Ancient Greek Literature (Wayback Machine saytida 2020-10-09 sanasida arxivlangan)" (2012)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Enrollment Surges at UA“. University of Arkansas. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  3. „Quick Facts“. University of Arkansas.
  4. "Campus Map & Visitor’s Guide."
  5. University of Arkansas, 2008, 21-bet
  6. „Buildings | Facilities Management University of Arkansas“ (en). fama.uark.edu. Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  7. 7,0 7,1 „University of Arkansas Quick Facts“. uark.edu. Qaraldi: 2019-yil 25-iyul.
  8. „Carnegie Classifications Institution Lookup“. carnegieclassifications.iu.edu. Center for Postsecondary Education. 2021-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-oktyabr.
  9. „Table 20. Higher education R&D expenditures, ranked by FY 2018 R&D expenditures: FYs 2009–18“. ncsesdata.nsf.gov. National Science Foundation. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  10. „Quick Facts | University of Arkansas“ (en). www.uark.edu. Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  11. "Overview and Points of Pride."
  12. 12,0 12,1 Reynolds, History of the University of Arkansas
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 Robert A. Leflar, The First 100 Years: Centennial History of the University of Arkansas,(Fayetteville, Arkansas: University of Arkansas Foundation, Inc., 1972)
  14. "University of Arkansas."
  15. Glen Bennett. „National Register of Historic Places Registration: University of Arkansas Campus Historic District“. National Park Service (2011-yil 14-avgust). Qaraldi: 2011-yil 14-avgust.
  16. „Senior Walk | University of Arkansas“ (en). registrar.uark.edu. Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.
  17. „Senior Walk | University of Arkansas“. Campusmaps.uark.edu. 2011-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-yanvar.
  18. „Old Main and First 50 Years of Senior Walk Reopen After Renovation“. University of Arkansas News. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  19. „William Jefferson Clinton“. Clinton House Museum.
  20. „Chapter Network“. Arkansas Alumni Association. Qaraldi: 2008-yil 31-iyul.
  21. Page, Eric. „Arkansas alum wins Panama election“. 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-avgust.
  22. „Election Results“. elections.nj.com. Qaraldi: 2008-yil 13-avgust. [sayt ishlamaydi]
  23. „Arkansas Governor Profile“. Arkansas. 2010-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-avgust.
  24. US Congress Biography of Marion Berry. congress.gov.
  25. Apple, R. W. Jr.. „J. William Fulbright, Senate Giant, Is Dead at 89“ (en-US). The New York Times (1995-yil 10-fevral). Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]