Nozib Jiganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jiganov Nozib Gayazovichdan yoʻnaltirildi)

Jiganov Nozib Gayazovich [1911.2(15).1, Uralsk — 1988, Qozon] — tatar kompozitori, pedagog , jamoat arbobi, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Xalq artisti (1957), Tatariston (1939)da, Rossiya (1940) da, Chuvashiya (1969) da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1938). 1945 y.dan Qozon konservatoriyasida rektor va oʻqituvchi, prof. (1953 y.dan). "Qochqin" (1939), "Oltin soch" (1941), "Jalil" (1957) va b. operalari, tatar kuylari asosida yozilgan syuita (1949), "Nafisa" poemasi (1952), 4 ta simfoniya, qoʻshiqlari mashhur. Davlat mukofoti laureati (1948, 1950, 1970).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil