Xalil Jalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jalilov Xalil Madyorovichdan yoʻnaltirildi)

Xalil Madyorovich Jalilov (1911.17.10, Oltiariq tumani — 2001.26.12, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), iqtisod fanlari doktori (1971), professor (1973). Saratov qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1939). 1939—41 yillarda Andijon qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqituvchi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—43). Urushdan qaytgach, Oʻzbekistonda maʼmuriy va qishloq xoʻjaligi sohasida rahbar lavozimlarda ishladi. Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktori oʻrinbosari (1956—57), Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti instituti direktori (1957-59), OʻzKP MK Qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri (1959— 61), Oʻrta Osiyo Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot institutidirektori (1961-65, 1967-76). 1976-yildan Toshkent xalq xoʻjaligi instituti qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil qilish kafedrasi professor Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, jumladan paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini koʻtarish masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil