Jahongirxon Eshon Haydarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahongirxon Eshon Haydarov— 1872-yili tug‘ilgan, Toshkent shahridan, o‘zbek, ruhoniyi, eshon, hibsga olingunga qadar eshonlik bilan mashg‘ul bo‘lgan, O‘zbekistonning bir qancha rayonlarida muridlari bo‘lgan. Millatchi, aksilinqilobiy, troskiychilar markazining vakili sifatida Qoradaryo rayoniga kelib taniqli ruhoniylarning aksilinqilobiy yig‘ilishini o‘tkazib, ruhoniylarning isyonchi guruhini tashkil etish uchun ko‘rsatma berganlikda, keyinchalik shu guruhni boshqarganlikda, o‘zining ishonchli kishilari orqali xalq dushmani Fayzulla Xo‘jayev qamoqqa olingandan so‘ng Afg‘onistonga muhojir bo‘lib chiqib ketish uchun ko‘rsatma berganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 140 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.