Jahongir Barlos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahongir Barlos -Sulton Husaynning amirlaridan. Dastlab Sulton Abusa’id xizmatida bo‘lgan va uning farmoniga muvofiq Muhammad Burunduq Barlos bilan birga Kobul viloyatini Ulug‘bek Mirzo Kobuliy nomidan idora qilgan. Sulton Abusa’id vafotidan so‘ng (1469 y.) Ulug‘bek Mirzo Kobuliy barloslarni chetlatgani sababli Jahongir Barlos Hirotga kelib, Badi’uzzamon Mirzo xizmatiga kirgan va uning suhbatdoshiga aylangan. Bobur yoqimli kishi sifatida taʼriflab, ovchilik va qush tutishni yaxshi bilishini taʼkidlab o‘tgan.[1]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014