Iymon kitobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iymon kitobi- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub, islom dinini anglashga qaratilgan, eng yaxshi kitoblardan biridir.

https://hilolnashr.uz/iymon

Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf xazratlari haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf hazratlari 1952-yil 15-aprelda Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan. 18 yoshlarida Buxorodagi Mir arab madrasasiga oʻqishga kiradi va keyinchalik Toshkent islom institutida tahsil oladi. 1975-yil oʻqishni tamomlab Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar boʻlimi xodimi va Toshkent islom instituti oʻqituvchisi boʻlgan.1986-1989 - Toshkent islom instituti rektori.1989-1993 - Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Oliy Sovet deputati.1993-2001 - Liviyadagi Islom universiteti oʻqituvchisi.2001-2015 - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi aʼzosi.2015-yil 10-mart kuni yurak infarktidan vafot etdi.

Kitob haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu kitob 1991-yil ilk bor nashrdan chiqqan bo'lib, kitobxonlar tomonidan qizg'in kutib olingan. Bunga sabab o'sha davrda yurtimizda islom diniga qarshi harakatlar ta'sirida ko'plab insonlarning islom haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lmagani va islom haqida bilim olishga bo'lgan ishtiyoqdir. Iymon kitobiga hozirgi kunda ham ko'plab taklif va ehtiyoj bo'lganligi sababli 2021-yil yana qayta nashrdan chiqarildi.

Ushbu kitobda islom diniga qarshi otilgan bo'xtonlarga diniy, ilmiy va dunyoviy tomondan go'zal javoblar, Yagona Allohga e'tiqod qilishga oid g'arb olimlarining fikrlari, islomdagi ayollar va erkaklar teng huquqliligi to'grisidagi ma'lumotlar, farishtalarga, qiyomat kuniga va payg'ambarlarga iymon keltirish va boshqa ko'plab masalalar haqida ma'lumotlar keltirilib o'tilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://hilolnashr.uz/iymon