Ixtioftirioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ixtioftirioz  –  akvarium  va  Chuchuk  suv  baliqlarining  deyarli  barcha  turida uchraydigan o‘ta  xavfli  kasallik  bo‘lib,  Ophryoglenidae   oilasi,  Tetrachimenidas Ichthyophthirius  turkumiga  kiruvchi  infuzoriyalar  tomonidan  chaqiriladi.  Dengiz baliqlarida  shunga  o‘xshash  kasallikni  Cryptocarion  turkumiga  mansub  ixtioftirius deb ataluvchi infuzoriyalar chaqiradi. Ixtioftirioz  ko‘proq  yer  sharining  issiq hududlarida  tarqalgan. Ixtioftirioz Sharqiy va G‘arbiy Yevropa, Kanada, Amerika, Rossiya baliqchilik xo‘jaliklarida tez-tez uchramoqda. Kasallik,shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Markaziy Osiyo respublikalarida va Kavkazortida qayd etilgan. Og‘ir  kasalliklar  singari  bu  ham  zich  joylashgan  baliqli  suv havzalarida  uchraydi.  Ko‘p  miqdorda  yosh  va  voyaga  yetgan  baliqlarning  nobud  bo‘lishi tufayli katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Qo‘zg‘atuvchi.  Qo‘zg‘atuvchi  bo‘lib  bitta  tur  Ichthyophthirius  multiphiliis F. (1876) hisoblanadi. Bu  kasallik  qo'zg'atuvchisi  sharsimon  infuzoriya.  Bu  infuzoriyaning  tanasi  tashki  tomonidan ko'p sonli kipriklar bilan qoplangan. Yumaloq infuzoriyalar baliq  tanasida,  terisida,  jabrasida,  ko'z  shox  pardasida  keng  tarqaladi. Asosan  karpsimonlarda  keng  tarqalib,  katta  iqtisodiy  zarar yetkazadi. Baliq  terisi  va jabrasida joylashgan  infuzoriya  oq  shishlar  hosil  qiladi. Shishlarning  diametri  1  mm  ni  tashkil  qiladi.  Shishlar to'liq yetilgandan  so'ng  yoriladi,  so'ngra  parazit  suv  tubiga  tushib  sistaga  o'raladi. Har bir sistadagi  infuzoriya  rivojlanadi,  bo'linish yo'li bilan  ko'payadi. Har bir sistada 200 gacha daydi hujayralar hosil bo'ladi.  Daydi yosh infuzoriyalar sistadan  chiqib,  suvda  suzadilar va  suv bo'ylab tarqaladilar. Tashqi muhitda daydib yuruvchi infuzoriyalar 55 soat davomida hayot kechirishi mumkin. Baliqga duch kelishi bilan ularning terisiga yopishib oladi va yangi hayot siklini boshlaydi va parazitlar geometrik progress orqali ko'payadi.  Bu  parazit  uchun  siklli  ko‘payish  xos  bo‘lib,  ko‘payish  jarayonida  uning morfologiyasi  xam  o‘zgaradi.  Baliqlarda  voyaga  etgan  parazit  davri  –  trofonta parazitlik  qiladi.  Torfontaning  tanasi  deyarli  yumaloq  yoki  tuxumsimon.  Old tarafida  uncha  katta  bo‘lmagan  og‘iz  bo‘shlig‘i  va  halqumi  bor.  Butun  tana  yuzasi meridional  joylashgan  kiprikchalar  bilan  qoplangan,  ular  og‘iz  teshigida birlashishadi.  Tanasining  o‘rtasida  yo‘g‘on  kolbasimon  makronukleos  joylashgan, uning  o‘yilgan  qismida  esa  ko‘zga  tashlanmaydigan  mikronukleos  joylashgan. Sitoplazmada bitta qisqaruvchi vakuolasi bor.