Ivano-frankovsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ivano-frankovsk (1962 y. gacha Stanislav) — Ukrainadagi shahar, Ivano-Frankovsk viloyati markazi. Karpat togʻlarining etaklarida. Temir va shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 237,0 ming kishi (1997). Shaharga 1962 y. da ukrain yozuvchisi I. Ya. Franko nomi berilgan. Sanoatning muhim tarmoqlari: yengil (trikotaj, tikuvchilik, badiiy buyumlar i. ch. f-kalari, koʻn korxonasi), oziq-ovqat sanoati (goʻsht, non, spirtaraq k-tlari va b.), yogocheozlik (mebel f-kasi), metallsozlik (asbobsozlik, avtomobil tuzatish, lokomotiv tuzatish), kimyo. 3 oliy oʻquv yurti, Ukraina musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, oʻlkashunoslik, badiiy, Karpat boʻyi badiiy muzeylari mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan kostyol (18-a.), arman cherkovi saklanib qolgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil