Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Ishga tushgan sanasi | 14-dekabr, 1936 |
---|---|
Joylashuvi | Beyazıt, Fotih, Istanbul |
Vebsayti | http://iktisat.istanbul.edu.tr/ |
Til(lar)i | turkcha |
Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turkiyadagi birinchi nomi Iqtisodiyot fakulteti boʻlgan taʼlim muassasasidir. Mamlakatdagi eng qadimiy va eng yirik taʼlim muassasasi bo‘lgan, tashkil etilishi 1453-yilga borib taqaladigan Istanbul universiteti tarkibidagi Iqtisodiyot fakulteti 1936-yil 14-dekabrda tashkil etilgan. U Istanbul universiteti Beyazit kampusida joylashgan.
Chet ellik asoschi professorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodiyot fakultetini tashkil etishda Ikkinchi jahon urushi oldidan Germaniyadan qochib Turkiyagadan boshpana topgan bir qancha nemis yahudiy olimlari qatnashdilar. Ulardan baʼzilari:
- Faxriy prof. Umberto Ricci
- Fax. prof. Jozef Dobretsberger
- Fax. prof. Vilgelm Röpke
- Fax. prof. Fritz Noymark
- Fax. prof. Aleksandr Rustov
- Fax. prof. Alfred Isaak
- Fax. prof. Gerxard Kessler
Bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1937-yil 4-martda 118 talaba bilan ish boshlagan fakultet 1939-1940-oʻquv yili oxirida ilk bitiruvchilarni chiqardi. Fakultetning birinchi bitiruvchisi (1-raqamli diplom) Adnan Altay Özbek va birinchi ayol bitiruvchisi (2-raqamli diplom) Fatma Zehra Bereketdir. Fakultet o‘zining ilk bitiruvchilarini chiqarganidan uch yil o‘tib, 1943-yil 1-martda bitiruvchilarni bir yerda birlashtirgan Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uyushmasi tashkil etildi. Qisqa nomi Iqtisodiyot Jamgʻarmasi boʻlgan Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari va aʼzolari fondi 1986-yil 13-noyabrda tashkil etilgan.
11-Prezident Abdulla Gul Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
Kafedralari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ingliz tili iqtisodiyot kafedrasi
- Iqtisodiyot kafedrasi
- Mehnat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish munosabatlari kafedrasi
- Moliya kafedrasi
- Ekonometriya kafedrasi
- Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Biznes boshqaruvi kafedrasi
- Turizm menejmenti kafedrasi
- Boshqaruv axborot tizimlari kafedrasi
Bir muddat talaba qabul qilmagan Siyosatshunoslik va Xalqaro munosabatlar, Turizm menejmenti va biznes kafedralari 2005-2006-o‘quv yilidan boshlab yana talaba qabul qila boshlagan.
2020-2021-yillarga kelib, Moliya va biznes kafedralaridagi dars jarayonlarida 30% ingliz tilidan foydalana boshlangan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
https://iktisat.istanbul.edu.tr/tr/yonetim
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti veb-sayti 8 Nisan 2013 tarihinde
- Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uyushmasi 10 Ağustos 2013 tarihinde
- Iqtisodchilar fondi