Isayev Mulla Sodiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isayev Mulla Sodiq1884-yili Asaka rayoni Soybo‘yi qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘tmishda boy bo‘lgan. 1931-yili kolxoz mulkini talon-toroj qilgani uchun sudlanib 5 yil majburiy mehnatga hukm etilgan. Hibsga olingan paytda “Oktyabr” kolxozi aʼzosi bo‘lgan. Doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik, antikolxoz targ‘ibot olib borganlikda, kolxozchilarni paxta ekmaslikka chaqirganlikda, partiya va hukumat dohiylariga bo‘hgon gaplar aytganliqda, shuningdek terrorchilik kayfiyatidagi fikrlar bildirganlikda ayblangan. Andijon sektori taqdim etgan 2715-sonli ish bo‘yicha 10 yil mehnat tuzatuv lagerida qamoq jazosini o‘tashga Isayev Mulla Sodiq hukm qilinib, jazo muddati 1937-yil 11-iyunda hisoblanishi belgilandi.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409 bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.