Irlandiya dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Irlandiya dengizi
Irlandiya dengizi -
Joylashuvi Buyuk Britaniya va Irlandiya
Koordinatalari 53°N 5°W / 53°N 5°W / 53; -5 G OKoordinatalari: 53°N 5°W / 53°N 5°W / 53; -5 G O
Okean tipi Dengiz
Yuzasi 46,007 km2 (17,763 mi²)
Suv hajmi 2,800 km3 (2.3×109 acre·ft)

Irlandiya dengizi - Atlantika okeani dengizi. Buyuk Britaniya oroli bilan Irlandiya oroli oraligʻida shimolda va San-Georg boʻgʻozlari orqali okean bilan tutashgan. Materik sayozligida joylashgan. Maydoni 47 ming km2. Chuqurligi 157 m gacha. Yirik orollari: Men va Anglsi. Qirgʻoqlarida qoʻltiqlar koʻp. Yil davomida gʻarbiy shamollar esib turadi. Qishda boʻronlar boʻladi. Suv temperaturasi qishda 5°—16°. Shoʻrligi 32%O— 34,5%. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanib, balandligi 8,4 m ga yetadi. Baliq ovlanadi. Yirik portlari: Liverpul (Buyuk Britaniya) va Dublin (Irlandiya)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil