Imom at-Termiziy koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imom at-Termiziy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Uzunligi 1 km
Avvalgi nomlari Chereshnevaya (Gilosli) koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Imom Abu Iso Termiziy
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Falastin davlatining Oʻzbekistan Respublikasidagi elchixonasi

Imom at-Termiziy koʻchasi — Yakkasaroy tumanida. „Rakat“ va Abdulla Avloniy mahallalari hududida joylashgan. XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Botir Boboev va Obid Akramxoʻjaev koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida. Dastlab Chereshnevaya (Gilosli) nomi bilan yuritilgan. 1991-yil 20-fevralda buyuk muhaddis Imom Abu Iso Termiziy (824-892) nomi berilgan[1].

Yoʻnalishida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Falastin davlatining Oʻzbekistan Respublikasidagi elchixonasi, shaxsiy turar joy binolari, doʻkonlar hamda turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.