Iliada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"ILIADA" (Ilias) — yunon epik dostoni. Gomer yozgan deb taxmin qilinadi. Aftidan, mil. av. 13-a. dagi Ilion, yaʼni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida 9—8-a.larda paydo boʻlgan. Gekzametr (musaddas) oʻlchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). "I." ning bosh qaxramoni — Axill. Buyuk yoʻlboshchisi Agamemnon tomonidan haqoratlangan "Axillning qahri" doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramonona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, maʼbudalarning Olimpdagi mu-nozaralari mutoyibali tasvirlangan. Asar Qodir Mirmuhamedov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1988).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil